Salomatlik

“Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘ldi

Internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

“Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘ldi

Bunga javoban, Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

"Shu kunga qadar mamlakatimizga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan. Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi.

2021 yil 4 avgust holatiga ko‘ra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan. 128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, to‘liq emlangan.

Maʼlum bo‘lmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak. “Sputnik V”ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda" - deyiladi xabarda.

Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot institutining nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oralig‘ini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini maʼlum qilishgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

“Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz