Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi
Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bu yil universitetga 300 talaba qabul qilinadi: “Mexanika muhandisligi”, “Kimyo muhandisligi” va “Dasturiy ta’minot muhandisligi” yo‘nalishlariga 100 nafardan. Qabul 15-avgustgacha davom etadi.
Avvalroq universitet rasmiy saytida kontrakt narxi O‘zbekiston fuqarolari uchun yiliga salkam 50 mln so‘m ekani ma’lum qilingan, keyinchalik bu miqdor hali tasdiqlanmagani aytilgandi.







