Pomidorning ajabtovur foydali xususiyatlari
Sabzavotlar orasida sevimli bo‘lgan pomidor to‘yimli bo‘lishi bilan birga bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega. Bu haqda doktorlik kengashi tomonidan tasdiqlangan ovqatlanish mutaxassisi, 15 ta kitobning muallifi Jonni Bouden tomonidan berilgan maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.


Yurak salomatligini yaxshilaydi
Pomidor tarkibidagi ozuqaviy moddalar haqida gap ketganda «Likopen – bu pomidorga qizil rang beradigan birinchi raqamli tabiiy antioksidant», – deydi Bouden. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, likopen yurak-qon tomir tizimiga turli yo‘llar bilan taʼsir qiladi. Boshqa narsalar qatorida, u qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi, xolesterin va yog‘lar darajasini pasaytiradi.
Saraton xavfini kamaytiradi
Tadqiqotchilar shuni aniqladiki, haftada ikki yoki undan ko‘proq pissa isteʼmol qilgan erkaklarda prostata saratoni xavfi 23 foizga past bo‘ladi. Olimlarning fikricha, bu taʼsirga pomidor tarkibidagi likopen sabab bo‘lgan. O‘shandan beri pomidorni isteʼmol qilish bilan tuxumdon, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadigan boshqa tadqiqotlar paydo bo‘ldi.
Vitamin yetishmasligining oldini oladi
«Pomidor C vitamini va kaliyning ajoyib manbayidir, unga organizm ko‘proq muhtoj, – deydi Bouden. Qiziqarli fakt: tomat pyuresining gramm grammigacha kaliyni o‘z ichiga oladi, tomat pastasida esa kaliy pyuredan ikki baravar ko‘p!
Qandli diabet taʼsirini kamaytiradi
Qandli diabetga chalinganlarga ratsionga pomidorni kiritish tavsiya etiladi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor stress, yallig‘lanish, ateroskleroz va diabetga olib keladigan to‘qimalarning shikastlanishini kamaytiradi. Tushlikda pomidor isteʼmol qilish, ehtimol, qondagi qand miqdorini darhol kamaytirmaydi, lekin uzoq muddatli himoya xususiyatlarini eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.
Quvvatga taʼsir ko‘rsatadi
Ko‘pchilik mahsulotlar singari pomidor ham kletchatkaning eng yaxshi manbayidir. Bitta pomidor tarkibida 1,5 gramm kletchatka ovqat hazm qilish tizimining ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun muntazam ravishda ichak harakati yuzaga keladi. Shuningdek, boshqa uglevodlardan farqli o‘laroq vazn yo‘qotishga olib keladi.
Terini himoya qiladi
Pomidor isteʼmol qilish terining ultrabinafsha nuriga taʼsirini kamaytiradi va quyosh urishi xavfini kamaytiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu pomidorda karotenoidlarning ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu pomidor isteʼmol qilgandan so‘ng quyoshdan himoyalovchi kremlardan voz kechish mumkin, degani emas. Quyoshda bo‘lganda SPF 30 yoki quyoshdan saqlovchi kremni qo‘llash bilan birga bonus sifatida pomidorning qo‘shimcha himoya xususiyatlaridan foydalanish mumkin.
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Ko‘proq likopinga boy ovqatlar isteʼmol qilish uchun boshqa sabab kerak bo‘lsa, uning isteʼmoli yoshga bog‘liq makula degeneratsiyasi va ehtimol katarakta xavfining pastligi bilan bog‘liq. Pomidorni tuxum hamda salat bargi bilan isteʼmol qilish lyutein va zeaksantin – ko‘zlar uchun foydali karotinoid mavjud. Natijada pomidor isteʼmoli tufayli ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.







