O'zbekiston

UzAuto Motors‘ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi

UzAuto Motors kompaniyasi sof daromadini qariyb 70 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan 2021 yilning birinchi yarmi bo‘yicha kompaniya moliyaviy hisobotida so‘z boradi.

UzAuto Motors‘ning sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi

 

 

Olti oy davomida avto ishlab chiqaruvchining sof foydasi 10,6 trillion so‘mni (Markaziy bankning 1 avgustdagi kursi bo‘yicha 996,5 million dollar) tashkil etgan. Bu 2020 yilning yanvar—iyun oylaridagi ko‘rsatkichdan 2,1 trillion so‘mga kamroq. Mahsulotlar tannarxi 2,2 trillion so‘mga kamayib, 8,4 trillion so‘mni tashkil etgan.

 

Asosiy faoliyatdan olingan foyda 393,6 milliard so‘mga oshib, 1,06 trillion so‘mga yetgan bo‘lsa, asosiy xarajatlar 212,3 milliard so‘mga kamayib, 1,1 trillion so‘mdan iborat bo‘lgan.

 

178,9 milliard so‘m miqdorida (2020 yil yanvar—iyunda 145,1 milliard so‘m to‘langan) soliqlar to‘lanishi natijasida UzAuto Motors sof foydasi 902,6 milliard so‘mni (84,6 million dollar) tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 370,4 milliard so‘mga (69,6 foiz) ko‘proq (532,1 milliard so‘m) demakdir.

 

 

katta ehtimol bilan kompaniya sof foydasining o‘sishi olti oy ichida qariyb barcha hamyonbop avtomobil modellarini — Spark, Nexia, Gentra va Cobalt (Damas va Labo‘dan tashqari) — ishlab chiqarishni 143 mingtadan 108,7 mingtaga (24 foizga) kamaytirgani va yaqinda narxlari oshgan Trailblazer, Tahoe, Malibu premium-segment avtomobillarini ko‘proq sotgani bilan bog‘liq.

 

Mart oyida “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov qimmatbaho avtomobillar — Equinox, Malibu va Tahoe — sotuvidan tushgan daromadlar Spark va Nexia kabi arzonlashtirilgan modellarni sotishdagi zararlarni qoplayotganini tan olgan edi.

 

«UzAuto Motors biznes modeli shunaqa qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan ‘byudjetniy‘ mashinalarga juda minimal daromad qo‘yilgan. Konfedensial tijoriy sirni ochyapman sizlarga, Spark, Nexia kabi mashinalarda (sotuvdan) daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Ommaga ko‘proq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish uchun qimmat avtomobillarni kichik miqdorda daromadini baland qilib qo‘yamiz. Qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashinadan yo‘qotayotgan pulni qoplayapmiz», — deya tushuntirgan edi u.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"