Eldor Shomurodov: «Mourinyo bilan muloqotda muammolar bor»
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar Ligasining saralash bosqichi doirasida “Trabzonspor”ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinidan (2:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


Urgan golim jamoamga foyda keltirganidan xursandman.
Mourinyo bilan muloqotda muammoga duch kelyapman. Chunki italyan tilida hali yaxshi gapira olmayman. Lekin o‘yin vaqtida bir-birimizni tushunyapmiz.
Jamoaga yangi kelgan Temmi Abraham? U bilan birga o‘ynay olaman deb o‘ylayman, deya taʼkidladi “Roma” futbolchisi Eldor Shomurodov.
Shuningdek, Eldor rimliklar matbuot xizmatiga bergan intervyusida golini o‘yindan bir kun oldin tug‘ilgan kunini nishonlagan buvisiga bag‘ishlaganini aytdi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik futbolchi “Roma” tarkibidagi ilk rasmiy o‘yinida gol urdi. Bungcha u rimliklarning “Betis”ga qarshi nazorat o‘yinida (2:5) raqib darvozasini ishg‘ol qilgandi. “Raja” klubiga qarshi o‘yinda (5:0) esa bitta gol va golli uzatma muallifiga aylangan.







