Sport

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

U-17 JCH: O‘zbekiston Yamaykani 6:2 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda o‘tkazilayotgan Jahon chempionatining guruh bosqichi ikkinchi turida Yamayka ustidan yirik g‘alabaga erishdi. Sergey Chigodayev shogirdlari 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda raqib darvozasiga oltita gol urib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Bahsni faol boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki daqiqalardanoq raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdi. Biroq hisobni 8-daqiqada Yamayka futbolchisi Kelvin Braun ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Laziz Abduraimov Abubakir Rahimovning zarbasidan keyin darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi.

 

25-daqiqada Kelvin Braun yana bir bor gol urib, Yamaykani oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga 14 daqiqa qolganida esa Mirjamol Anvarovning uzatmasidan keyin Suxrob Sadirjanov aniq zarba bilan hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

 

Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston terma jamoasi ustunlikni to‘liq o‘z tomoniga og‘dirdi. 48-daqiqada Asilbek Aliyevning uzatmasidan keyin Suxrob Sadirjanov gol urib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, yana Asilbek Aliyevning pasidan unumli foydalangan Sadirjanov het-trik qayd etdi — 4:2.

 

Uchrashuvning 79-daqiqasida Amirxon Erkinov Asilbek Aliyevning navbatdagi golli uzatmasini golga aylantirdi. Qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida esa Ahrorbek Ravshanbekov yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:2.

 

Shu tariqa, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoamizning keyingi raqibi Italiya bo‘ladi. Uchrashuv 26-noyabr kuni o‘tkaziladi.

 

U-17 Jahon chempionati. Guruh bosqichi, 2-tur

 

O‘zbekiston — Yamayka 6:2

 

Gollar: Kelvin Braun (8, 25), Laziz Abduraimov (9), Suxrob Sadirjanov (31, 48, 58), Amirxon Erkinov (79), Ahrorbek Ravshanbekov (90+2).

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

U17-JCH: O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi

Sergey Chigodayev shogirdlari o'yin yakuniga oz qolganda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborib bir ochkodan mahrum bo'ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Saudiya Arabistonini mag‘lub etdi

Uchrashuvda Sherzod Esanov dubl muallifiga aylandi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.