«Shomurodov — o‘zbek Messisi»
Italiyaliklar yozgi transfer oynasida “Jenoa”dan “Roma”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Eldor Shomurodovning iqtidoriga yuqori baho berishmoqda.


“Bo‘rilar”ning dastlabki uchrashuvlarida o‘zbekistonlik hujumchi o‘zining to‘purarlik salohiyatini namoyish qila boshladi.
Xabarlarga ko‘ra, Italiyaning nufuzli “Gazzetta dello Sport” nashrida 26 yoshli futbolchiga bag‘ishlangan «Shomurodov — o‘zbek Messisi» sarlavhasi ostida maqola chop etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov kecha “Trabzonspor”ga qarshi o‘yinda jamoasiga g‘alaba golini kiritdi. U Rim jamoasining bitta rasmiy va ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Hujumchi ushbu uchrashuvlarda uchta gol urdi.
Jamshid Amirov







