Sport

UFC 265 turnir: Fransiyalik Siril Geyn liganing vaqtinchalik chempioniga aylandi

Xyustonda (Texas shtati, AQSH) aralash jang sanʼatlari bo‘yicha UFC 265 turniri yakunlandi. Uning asosiy musobaqasida og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvoni o‘ynaldi. Derrik Lyuis va Siril Geyn kamar uchun kurashdi.

UFC 265 turnir: Fransiyalik Siril Geyn liganing vaqtinchalik chempioniga aylandi

 

 

Ko‘plab mutaxassislar va muxlislar, agar bu divizionning to‘liq huquqli chempioni Frensis Ngannu bo‘lsa, nima uchun liga vaqtinchalik kamar uchun kurashni uyushtirayotgani bilan qiziqdi. Ngannu ham shu savolni UFC prezidenti Dana Uaytga bergandi, ammo qoniqarli javob ololmadi. Qanday bo‘lmasin, jang rejalashtirilgan va uning ishtirokchilari faqat imkoniyatdan foydalanishlari kerak edi.

 

Jangning favoriti bo‘lgan Geyn, bukmeker idoralarining ro‘yxatiga kirgan. Fransuz shu yilning o‘zida uch marotaba oktagonga kirdi. Shu yilning fevral oyida u Jairzinyo Rozenstruykni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi. Iyun oyida esa Aleksandr Volkovni taktik jihatdan ustun qo‘ydi va ajoyib nokaut bilan g‘alaba qozondi.

 

Lyuisga kelsak, u bu yil faqat bir marta jang qildi. Fevral oyida "Qora yirtqich" laqabli jangchi Kyortis Bleydsni nokautga uchratdi. Asosan, chempionlik jangida g‘alaba qozondi. Ammo u buning o‘rniga vaqtinchalik kamar uchun jang o‘tkazdi. Maʼlumotlarga tayanib ayta olamizki, Lyuis vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun kurashishga martaba va tajribasi raqiblarinikidan ko‘ra kamroq edi.

 

Jang haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Geyn, asosan, past zarbalarni uloqtirdi. Raund oxiriga kelib, muhim zarbalar bo‘yicha statistikalar Geyn foydasiga aniqroq edi — 13: 0. Birinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida Geyn bo‘shashdi. To‘g‘ridan berilgan aniq uchta zarbani o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng, davra amerikalik jangchi foydasiga o‘tdi.

 

Ikkinchi besh daqiqalik jang maydonida hech narsa o‘zgarmadi. Lyuis hali ham o‘zi uchun qulay masofaga erishish muammosi bilan hech narsa qila olmadi. Fransuz yana raqibiga past zarbalar yog‘dirdi. Lyuisning urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Jangning to‘qqizinchi daqiqasiga kelib, Derrik ikkita muhim zarbaga ega bo‘ldi. Geynning zarbalar soni esa o‘ttizdan oshdi.

 

Jang shu yo‘sinda davom etdi. Fransiyalik jangchi yengil zarbalar yo‘llab raqibini charchatdi. Bu zarbalar avvaliga Lyuisga hech qanday taʼsir ko‘rsatmadi. Ammo raund oxiriga kelib, Lyuisnning holdan toyganini kuzatish mumkin edi. Zarbalar amerikalik jangchiga yomon taʼsir o‘tkazdi. Ketma-ket zarbalar va Lyuisning hech qanday javob qaytara olmasligini ko‘rgan hakam jangni to‘xtatishdan boshqa iloji qolmadi. Fransiyalik superog‘ir jangchi Siril Geyn texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi va liganing vaqtinchalik chempioniga aylandi.

 

 

Murod Bahodirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

UFC 265 turnir: Fransiyalik Siril Geyn liganing vaqtinchalik chempioniga aylandi | Zamon.uz