Sport

Bellator 265 turnirining g‘oliblari aniqlandi

Fransiyalik Cheik Kongo rossiyalik Sergey Xaritonovni yengib, Bellator 265 turnirining asosiy vazn toifasidagi faxriylar jangida g‘alaba qozondi.

Bellator 265 turnirining g‘oliblari aniqlandi

 

 

46 yoshli Kongo, 41 yoshli Xaritonovni Janubiy Dakota shtati Su Falls shahridagi Sanford Pentagonida o‘tkazilgan jangning ikkinchi bosqichida mag‘lub etdi.

 

Asosiy musobaqada mezbonlarning sevimli favariti bo‘lgan Logan Storli yarimog‘ir vazn toifasida Dante Shironi texnik nokaut bilan mag‘lub etdi. Shuningdek, Marselo Golm va Jornel Lugoning g‘alabalari ham bor edi.

 

Rossiyalik jangchi avvaliga Kongoni qisqa vaqt ichida to‘g‘ri zarba bilan yiqitdi va uni round oxiriga kelib og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Chunki 46 yoshli sportchi boshida xavotirli alomatlarni ko‘rsatdi.

 

Kongo ikkinchi raundda o‘zining to‘g‘ridan berilgan zarbalari bilan javob qaytara boshladi. Lekin Xaritonov bosimni ushlab turdi. Chunki u Kongoni nokaut qilish uchun boshi va tanasiga og‘ir zarbalar bilan yo‘lladi. Ammo Kongo ikkinchi raundda to‘satdan “hayotga qaytdi”. Sababi, u jangni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. Kongo Xaritonovni kuchli zarbalar bilan urdi, so‘ng uni partergacha olib bordi. Xaritonov undan qochib qutulolmadi. Jang Kongoning foydasiga hal bo‘ldi.

 

Jangidan uyalgan Storli

 

Kechaning asosiy tadbirida Janubiy Dakotalik Storli karerasidagi birinchi mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z shtatida g‘alaba qozondi. Yengil vazn toifasidagi beshinchi raqamli sportchi Storli o‘tgan yilning noyabrida ukrainalik Yaroslav Amosovga imkoniyatini qo‘ldan boy bergandi.

 

Shunday bo‘lsa-da, amerikalik 28 yoshli sportchi ayni damda Bellator chempioni hisoblanadi.  Storli kareradagi rekordini 12/1 gacha yaxshilaganiga qaramay, o‘zining jangidan "hijolat tortganini" tan oldi. Chunki u bu jangda sal kam durang natija qayd etdi. Vaholanki, raqibi Dante Shiro debyut jangini o‘tkazgandi. Lekin jahon chempioni Amosov bilan yana uchrashish istagini yashirmadi.

 

"Men Amosovni bilan jang qilishni xohlayman. Tan olaman, bunday spektakldan keyin unchalik tortishuvga loyiq emasman. Lekin men uni qiyin ahvolga solishimni bilaman. O‘ylaymanki, men undan yaxshiroqman. Uni juda qattiq hurmat qilaman. Lekin u mening sportdagi raqibim. Jahon chempioni bo‘lishni xohlayman. Shu sabab unga rahim-shavqat ko‘rsatomayman", — dedi Storli jangdan so‘ng bo‘lgan matbuot anjumanda.

Jang masalasiga qaytsak, 28 yoshli amerikalik sportchi huddi Xabibning jang usulidan foydalangandek raqibini qafasga tirab, ko‘plab zarbalar yo‘lladi. Uni texnik nokautga uchratib, jangda g‘alaba qozondi.

 

Golm texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi

 

Keyingi jang haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, Marselo Golm – Billi Svenson tomonidan g‘alabaga erishdi. G‘alaba uning kareradagi rekordini 9/3 gacha yaxshiladi. Ushbu jangda Golm texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

 

Og‘ir vaznli braziliyalik Golm Bellator oktagon ichidagi hayotni g‘alaba bilan boshladi. U qisqa muddatli debyutant Billi Svensonni birinchi raundning so‘nggi soniyalarida mag‘lub etdi.

 

Lugo og‘ir vazn toifasidagi Gran -prini nishonlamoqda

 

Lugoning ajoyib natijasi uning rekordini 7/0 ga oshirdi. G‘alabadan so‘ng, Lugo, “Bellator” yarimog‘ir vazn toifasidagi Gran-pri turnirida g‘olib bo‘lish uchun o‘zining jang usullari yaxshi ekanligiga umid qilishini aytdi. U, hatto, o‘zining birinchi raunddagi ideal raqibi, yarimog‘ir vaznda amaldagi Bellator chempioni Serxio Pettis bilan jang qilishini taʼkidlab o‘tdi.

 

Murod Bahodirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bellator 265 turnirining g‘oliblari aniqlandi | Zamon.uz