Ertaga WBA chempionlik kamari uchun kurash bo‘lib o‘tadi
Menni Pakyao va Yordenis Ugas o‘rtasidagi jang ertaga, 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 da bo‘lib o‘tadi. Hamma orziqib kutgan ushbu WBA championlik kamari uchun jang Las Vegasdagi T-Mobile Arenada o‘tkaziladi.


Jang juda qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda. Menni ancha tajribali, yoshi 43 da. Shaxsiy rekordi: 56-4. Bo‘yining uzunligi 166 sm, raqiblarinikidan pastroq, ammo bu narsa unga salbiy taʼsir ko‘rsatmadi. Flippinlik jangchi 8 karra jahon chempioni bo‘ldi.

Kubalik sportchi Yordenis 1986 yil 14 iyulda tavallud topgan. Bo‘yining uzunligi 175 sm. Uning boksdagi shaxsiy rekordi: 30-4. Ugas flippinlik bokschi uchun munosib raqib, deyish mumkin. Negaki, u hozirgi kunning eng mashhur va tajribali bokschisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, jangda g‘olib bo‘lgan sportchi WBA chempionlik kamariga ega bo‘ladi.
Murod Bahodirov







