Sport

Kuchli uchlikka kirganlar haqida nimalarni bilamiz

19 avgust kuni Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi  Yevropa chempionlar ligasi 2020/2021 yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi mukofotiga nomzodlar ro‘yxatini eʼlon qildi. Unda  «Manchester City» aʼzosi Kevin De Bryuyne hamda “Chelsi” klubining ikki nafar aʼzosi Jorjino  va NʼGolo Kante kuchli uchlikdan joy oldi. Bu futbolchilar haqida biz nimalarni bilamiz?

Kuchli uchlikka kirganlar haqida nimalarni bilamiz

 

                   Kevin De Bruyne

 

Belgiya futbol terma jamoasi  o‘yinchisi De Bruyne bugungi kunda dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sanaladi. Futbolchi o‘tgan yilgi mavsumda «shaharlik»lar bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. U mavsum davomida jamoasi erishgan g‘alabalarga munosib hissa qo‘shdi. Belgiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Angliya chempionligi bilan bir qatorda Yevropa chempionlar ligasi finaliga qadar yetib bordi. Belgiya termasi shu yil Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqdi. Kevin De Bruyne bugungi kunda maydonni ko‘ra olish qobiliyati va tezkor qaror qabul qila olishi bilan ko‘plab futbol ishqibozlari mehrini qozongan. U taʼbir joiz bo‘lsa, «Manchester Siti»ning yuragiga aylanib ulgurdi. Futbolchi o‘tgan mavsum Angliya chempionatida 6 ta gol urdi, 12 ta golga hammualliflik qildi. Bundan tashqari jamoasining chempionlar ligasi finaligacha yetib borishida  munosib hissa qo‘shdi. 

 

                   Jorjino

 

2021/2022 yilgi mavsum ushbu futbolchi uchun juda omadli keldi. Jorjino ham terma jamoa, ham klub safida bir xil muvaffaqiyatga erishdi. «Chelsi»ga germaniyalik Tomas Tuxel bosh murabbiy bo‘lganidan so‘ng jamoa isloh qilindi. Buni yangi mavsum oldidan klub tarkibida bo‘layotgan o‘zgarishlardan ham bilish mumkin. O‘tgan mavsum Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan «Chelsi» jamoasi safida Jorjino ham bor edi. U nafaqat London klubining chempion bo‘lishida, balki Italiya terma jamoasi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritishida ham munosib hissa qo‘shdi. Futbolchi o‘tgan mavsum «Chelsi» tarkibida 7 ta gol urdi, bitta golli o‘zatma muallifi bo‘ldi.

 

             N‘Gola Kante

 

Futbolda insoniy xislatlari bilan muxlislar mehrini qozongan Kante ham o‘tgan mavsum «Chelsi» safida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida tan olindi. U “Chelsi”da maydon bo‘ylab eng ko‘p yuguradigan futbolchi hisoblanadi. Kante klub safida hujum va himoyani bog‘lash vazifasini bajaradi. Tuxel bu yilgi mavsumda ham futbolchidan yaxshi natijalarni kutmoqda.

 

Bu uchala futbolchi ham terma jamoasi, ham o‘z klubining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanishadi. Ular bu yilgi mavsumda ham  yaxshi natijaga erishdi. Bu uch futbolchidan qaysi biri eng yaxshi bo‘lishligini 26 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahrida  Yevropa chempionlar ligasiga qurʼa tashlash marosimida aniqlanadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kuchli uchlikka kirganlar haqida nimalarni bilamiz | Zamon.uz