“PSJ” “Brest”ni Messisiz mag‘lub etdi
“PSJ” Fransiya chempionati 3-tur uchrashuvida “Brest” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limning 23-daqiqasida Ander Errera jamoasini oldinga olib chiqdi. 13-daqiqadan so‘ng Kilian Mbappe parijliklar ustunligini taʼminladi. Tanaffusga qadar “Brest” Frank Xonorning goli evaziga hisobni bittaga qisqartirdi. Biroq Idris Geyn urgan gol “PSJ” ni yana ikki to‘p oldinga chiqib oldi.
O‘yin tugashiga besh daqiqa qolganida “Brest” hujumchisi Stiv Myuniyer tomonidan kiritilgan to‘p mezbonlarga yana umid berdi. So‘nggi daqiqalarda Anxel Di Mariya qarshi hujumdan so‘ng parijliklarni yana oldinga olib chiqdi.
Uchta o‘yindan so‘ng Parij klubi to‘qqiz ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, “Brest” 2 ochko jamg‘arib, 12-o‘rindan joy olgan.
Xabarlarga ko‘ra, “Barselona”dan “PSJ”ga o‘tgan Lionel Messi 29 avgust kuni “Reyms” ga qarshi safar uchrashuvida debyut qilishi mumkin.
Jamshid Amirov







