Sport

Jahon chempionatida hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi

Rossiyaning Ufa shahri erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Jahon chempionatida hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi

Bugun ushbu musobaqa yakuniga yetadi. Musobaqada Vatanimiz sharafini -55 kg vazn toifasida himoya qilgan yunon-rum kurashchimiz Alimardon Abdullayev finalga qadar mag‘lubiyatsiz yetib bordi. U nimchorak finalda qirg‘izistonlik Akyikat Kuljigitni 5-1, chorak finalda ruminiyalik Denis Florinni 8-0, yarim finalda esa tojikistonlik Aslamjon Azizovni 8-3 hisobida mag‘lub etdi.

Oltin medal uchun eronlik Amirrizo Dehbozorgi bilan kechgan bahsda Alimardon 1-3 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal bilan taqdirlandi.

-87 kg vazn toifasida Jahon chempionatining bronza medali uchun kechgan o‘tish bahslarida yana bir kurashchimiz Shahriyor Jo‘raboyev avvaliga xorvatiyalik Kristian Lukachdan ustun keldi. Biroq, bronza medali uchun kechgan bellashuvda turkiyalik Tansel Ortuchuga 3-5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani 5-o‘rinda yakunladi.

Avvalroq kurashchimiz Alimardon Abdullayevning jahon chempionati finalida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatida hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi | Zamon.uz