Sport

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Navbat — Samarqandga

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduxakimov ishtirok etdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Navbat — Samarqandga

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida roppa-rosa bir hafta davom etgan shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 14-anʼanaviy xalqaro turnir yakuniga yetdi.

Bugun musobaqaning so‘nggi 9-tur o‘yinlari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Yakuniy tur oldidan g‘oliblikka asosiy daʼvogar sifatida ikki shaxmatchi qaralayotgan edi. Bular – armanistonlik Shant Sargisyan hamda hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev.

9-turda armanistonlik shaxmatchi qora donalarda o‘ynashiga qaramay hamyurtimiz Jahongir Vohidov bilan murosaga erishdi. Natijada u o‘z ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi.

Nodirbek Yoqubboyev esa Ozarbayjon vakili Misratdin Iskandarov bilan kuch sinashdi. Iskandarov FIDE reytingidagi o‘rni, qolaversa, turnirda qayd etayotgan natijalari borasida Nodirbekdan orqada qolayotgandi. Shu bois mazkur o‘yinda qayd etiladigan durang natija ham Yoqubboyevni xalqaro turnir g‘olibiga aylantirishi kutilayotgan edi. Boz ustiga, hamyurtimizning oq donalarda harakat qilishi ham unga sezilarli ustunlik berardi. Ammo bosim kuchlilik qildimi yoki boshqa sababmi, Nodirbek kutilmaganda raqibiga yutqazib qo‘ydi. Natijada u xalqaro turnirda 5-o‘rinni qayd etdi.

9-turda tajribali Marat Jumayevni qora donalarda mag‘lub etgan yosh, umidli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov esa o‘z ochkolari sonini 6,5 taga yetkazgan holda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikka xuddi shuncha ochko jamg‘argan tojikistonlik xalqaro master Muhammad Xusenxodjayev yakun yasab berdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – turizm va sport vaziri, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduxakimov hamda arab mamlakatlari shaxmat federatsiyasi prezidenti, Sharja shaxmat va madaniyat klubi prezidenti Shayx Saud Abdulaziz Almualla ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Turizm va sport vaziri A.Abduxakimov musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgani, turnir davomida hakamlarga nisbatan bironta ham eʼtiroz bo‘lmagani, qolaversa hozirgi pandemiya sharoitida Toshkentga 12 ta davlatdan kuchli shaxmatchilarning kelishgani – bu dunyo shaxmatida Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan turnirga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligidan darak berishini alohida taʼkidladi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, xalqaro turnir g‘olibi bo‘lgan armanistonlik Sh.Sargisyan 5 ming AQSH dollari, 2-o‘rin sohibi N.Abdusattorov 3 500 AQSH dollari, 3-o‘rinni egallagan M.Xusenxodjayev esa 2 500 AQSH dollari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 4-o‘rindan 15-o‘ringacha bo‘lgan shaxmatchilar ham pul mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Shaxmatchilarni oldinda yana bir xalqaro turnir – 24-29 avgust kunlari qo‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida o‘tadigan Sohibqiron Amir Temur kubogi musobaqasi kutib turibdi.

Bundan avval musobaqa yakuniy bosqichga yetgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat bo‘yicha xalqaro turnir yakunlandi. Navbat — Samarqandga | Zamon.uz