UFC 22 avgust tongida o‘zbekistonlik yakkakurashchi jang qiladi
Toshkent vaqti bilan 22 avgust tongida AQSHning Las-Vegas shahrida UFC on ESPN 29 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.


Asosiy kardda o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (8-2) Guam vakili Trevin Jonsga (13-6) qarshi jang qiladi. Bu O‘zbekiston vakili uchun UFC‘dagi debyut jang bo‘ladi.
Musobaqaning asosiy jangi Kelvin Gastelum (17-7) va Jared Kannonye (13-5) o‘rtasida kechadi.
UFC oqshomi Toshkent vaqti bilan 04:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa 07:00 da start oladi. Qahramonovning jangi taxminan 08:00 atrofida (avvalgi jangdan yakunlanishiga qarab) bo‘lib o‘tadi.
UFC on ESPN 29 musobaqasi O‘zbekiston telekanallarida efirga uzatilmaydi.







