Sport

«Janjalga «Marsel» futbolchilari aybdor» — «Nitsa» prezidenti

«Nitsa» prezidenti Jan-Pyer Rive Fransiya chempionati 3-tur o‘yinida muxlislar maydonga chiqib ketib, uchrashuvni buzganiga «Marsel» futbolchilari aybdor ekanligini aytdi: “Katta mushtlashuvga olib kelgan bu mojaroning sababchisi ikkita mehmon futbolchining xatti-harakati edi.

«Janjalga «Marsel» futbolchilari aybdor» — «Nitsa» prezidenti

 

 

Uchrashuvning bu tarzda yakunlangani juda achinarli.

 

«Marsel»ning xavfsizlik xodimlari maydonga chiqib, futbolchilarimizga tazyiq o‘tkazmasligi kerak edi.  Raqibimiz o‘yinni davom ettirishdan nega bosh tortganini tushuna olmayapman”.


Eslatib o‘tamiz, kecha Fransiya chempionati 3-tur doirasida «Marsel» «Nissa» bilan maydonga tushdi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida maydonda muxlislar va futbolchilar ishtirokida mushtlashuv boshlandi.

 

Muxlislar avval maysazorga turli-xil buyumlarni uloqtirdi, so‘ng maydonga chiqib ketdi. Shundan keyin bahs to‘xtatildi. Janjaldan keyin «Marsel»  maydonga tushishdan bosh tortdi. Shu tariqa g‘alaba «Nissa» hisobiga yozildi.

«Janjalga «Marsel» futbolchilari aybdor» — «Nitsa» prezidenti | Zamon.uz