"Uni qanday qilib eng buyuk jangchi deb hisoblash mumkin?"
UFC jangchisi Nurmagomedov haqida gapirdi,


Britaniyalik Peddi Pimblett og‘irvazn toifasida sobiq chempion Jon Jonsni tarixdagi eng buyuk jangchi deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Pimblett kimdir bu maqomni yengilvazn toifasidagi sobiq chempion Xabib Nurmagomedovga berish ahmoqlik ekanini ta’kidladi.
"Jon Jons tarixdagi eng buyuk jangchi. Ha, u juda ko‘p turli xil ishlarni qildi va bu uning qanchalik yaxshi ekanligini ko‘rsatadi. U har xil bema’nilik qilar edi. Lekin o‘ziga kerak bo‘lgan hamma narsaga erisha olgan. U eng yaxshi da’vogarlarni mag‘lub etdi. Bu ro‘yxatga nazar soling: "Shogun Rua, Rashad Evans, Rampage, Machida, Gustafsson, Kormiyer ustidan ikkita g‘alaba. U buyuk emas, deb aytganlarning hammasi aqlsiz.
Siz Jorj Sen-Per va Anderson Silvani cho‘qqida qo‘yishingiz mumkin. Xabib?! U faqat uchta munosib raqibini mag‘lub etdi. Men uni qanday qilib eng buyuk deb hisoblash mumkinligini tushunmayapman. Odamlar buni qanday aytishini tushunmayapman. Bularning bari aqlsizlik", — dedi Pimblett Point YouTubeda MMAda chop etilgan intervyusida.
Murod Bahodirov







