Jahon tennischilari reytingi eʼlon qilindi: kim nechanchi o‘rinda?
ATP tennischilarning yangilangan haftalik reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, birinchi uchlik o‘zgarishsiz qoldi. Serbiyalik Novak Jokovich hamon peshqadamlik qilmoqda.


Rossiyalik Daniyel Medvedev ikkinchi, gretsiyalik Stefanos Kikipas uchinchi pog‘onada bormoqda. AQSHda o‘tkazilgan “Cincinati” turnirida g‘olib chiqqan germaniyalik Aleksandr Zverev ispaniyalik Rafael Nadalni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Nadal esa 5-pog‘onaga tushdi. Mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin yangilangan reytingda 1 pog‘ona ko‘tarilib, 207-o‘rinni egalladi. Yana bir tennischimiz Humoyun Sultonov esa 8 pog‘ona pastladi.
ATP reytingida kuchli o‘nlik tennischilari:
1 (1). Novak Jokovich (Serbiya) — 11,113
2 (2). Daniil Medvedev (Rossiya) — 9980
3 (3). Stefanos Kikipas (Gretsiya) — 8350
4 (5). Aleksandr Zverev (Germaniya) — 8240
5 (4). Rafael Nadal (Ispaniya) — 7815
6 (6). Dominik Tim (Avstriya) — 6995
7 (7). Andrey Rublyov (Rossiya) — 6400
8 (8). Matteo Berrettini (Italiya) — 5533
9 (9). Rojer Federer (Shveysariya) — 4125
10 (10). Denis Shapovalov (Kanada) — 3580.
O‘zbekistonlik tennischilarning ATP dagi o‘rni:
207 (208). Denis Istomin — 344
419 (411). Humoyun Sultonov — 99
553 (554). Sanjar Fayziyev — 61
646 (644). Sergey Fomin — 42
687 (662). Jo‘rabek Karimov — 35.
Jamshid Amirov







