Sport

Yangi mavsumda yangi transferlar: kim qanchaga baholandi?

Avgust oyidan Yevropada futbol mavsumiga start berildi.

Yangi mavsumda yangi transferlar: kim qanchaga baholandi?

 

 

Bugungi kunda Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida ikkinchi tur oʻyinlari oʻtkazilayotgan boʻlsa, Fransiyada uchunchi tur oʻyinlari yakuniga yetdi. Italiya A Ceriyasida esa 1-tur oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Futbol jamoalari ushbu mavsumda bir qator transferlarni amalga oshirdi. Ushbu futbolchilar mavsum davomida muxlislar diqqat-eʼtiborida boʻlishi shubhasiz.


Jek Grealish (“Aston Villa” dan “Manchester Siti” ga,117 million yevro)


Ushbu xarid yozning eng qimmat transferidan biri boʻldi. Amaldagi Angliya chempioni “Manchester Citi”  Jek Grealishni 117 million yevroga sotib oldi. Yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri  “Aston Villa” tarkibida oʻynab kelayotgandi. U bir necha mavsum bu klubda sardorlik vazifasini bajardi. Grilish yaqinda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida Angliya terma jamoasining finalga  chiqishga yordam berdi. Jek Grealish endi 25 yoshga toʻldi. Uning uchun barcha imkoniyat hali oldinda, deb bemalol aytish mumkin. Grealish “Citi” tarkibida Premyer ligada allaqachon debyut qilishga ulgurdi. 1-turda “Tottenxem” bilan oʻyin omadsiz yakunlangandi. Ammo ikkinchi turda Jek Grealish  birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi. Ushbu oʻyinda “Manchester Citi” «Norvich” ustidan » 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. 

 

Romelu Lukaku (“Inter” dan “Chelsi” ga,115 million yevro)

 

Belgiyalik hujumchi birinchi marta Londonga bundan oʻn yil oldin kelgandi. U vaqtda futbolchi juda yosh boʻlgani uchun jamoada oʻz oʻrnini topa olmadi. London klubida omadi kulmagan Lukaku  “Everton” klubiga oʻtdi. U yerda jamo oʻyiniga ijobiy taʼsir koʻrsata oldi. Yorqin oʻyinlari  koʻplab klublar qiziqishiga sabab boʻldi. Shundan soʻng hujumchi “Manchester Yunayted” klubi bilan kelishuvga erishdi. Oʻshanda Manchester  eng qimmat transferlardan birini amalga oshirdi. Ammo u yerda murabbiy va rahbariyat bilan bogʻliq vaziyat tufayli jamoadan ketishga majbur boʻldi. Shundan soʻng futbolchi 2019-yilda “Inter” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U “Milan”da Yevropaning eng yaxshi 5 ta hujumchisi safidan oʻrin oldi. Oradan koʻp oʻtmay Yevropa chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan “Chelsi” unga taklif bilan chiqdi va yozgi transfer oynasida futbolchi londonliklar safiga kelib qoʻshildi. Lukakuning transferi inglizlarga 115 million yevroga tushdi. Xabarlarga koʻra, belgiyalik Londonda har mavsumda 15 million yevro ishlab topadi. Bu summa uning “Inter”da olgan pulining yarmini tashkil qiladi. Shundan koʻrinib turibdiki  Italiya hamon Angliyaga moliyaviy tomondan raqobatchi emas. Premyer-liganing birinchi turida “Chelsi” oʻz uyida  “Kristal Pelas”ni Lukakusiz  magʻlub etdi. Ammo ikkinchi turning asosiy oʻyinida futbolchi “Arsenal” darvozasiga toʻp kiritishga erishdi.

 

Varanning transferi iyul oyi oxirida eʼlon qilindi. Shartnoma esa ikki haftadan soʻng imzolandi. U 14-avgustda rasman “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi va muxlislarga “Lids”ga qarshi oʻyindan oldin tanishtirildi. Ammo futbolchi bu oʻyinda qatnashmadi. Varan “Real Madrid”da 10 mavsum oʻynadi. U shu yillar davomida toʻrtta Chempionlar ligasi kubogi va klub darajasidagi boshqa sovrinlarni  qoʻlga kiritdi. Himoyachining “Real” bilan shartnomasi yakunlanishiga hali bir yil bor edi. Ammo u yangi shartnoma imzolashni istamadi. Shu tariqa u “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi. Manchester klubi 28 yoshli futbolchini 48 million yevroga sotib oldi. Menimcha bu ushbu yozda amalga oshirilgan eng muvaffaqiyatli transferlardan biri edi. 


Rodrigo De Pol (“Udineza”dan “Atletiko”ga, 35 million yevro)


Premyer ligada eng qimmat transfer 100 million yevrodan oshgan boʻlsa, Ispaniyada buning teskarisini koʻrishimiz mumkin. Madridning “Atletiko” klubi Rodrigo De Polni 35 million yevroga sotib oldi. De Polning futboldagi faoliyati Grealishnikiga oʻxshaydi. Argentinalik “Udineze”da bir qancha yorqin oʻyinlar namoyish qildi. Terma jamoa safida  shu yozda Amerika kubogini qoʻlga kiritdi. Mutaxassislarning fikricha, Rodrigo Diyego Simeone uslubiga juda mos keladi. Agar shu reja ish beradigan boʻlsa, “Atletiko” chempionlik poygasida “Barsa” va “Real” bilan qoʻrqmasdan raqobat qila oladi. 

 

David Alaba (“Bavariya” dan “Real” ga, erkin agent)

 

Ispan klublari gʻayrioddiy texnikaga ega futbolchilarga koʻproq qiziqadi. Alaba ana shunday futbolchilar sirasiga kiradi. Avstriyalik futbolchi faoliyatining koʻp qismini “Bavariya”da oʻtkazdi, bir qancha sovrinlarni qoʻlga kiritdi. “Real Madrid” futbolchining shartnomasi tugashini kutdi va uni “Myunxen” klubidan olib keldi. “Real Madrid” chempionatni yaxshi boshladi. Birinchi turda “Alaves”ni magʻlub etdi. Alaba debyut oʻyinini oʻtkazdi.  Futbolchi  90 daqiqa davomida maydonda tinmay harakat qildi.  Bitta golga assistentlik qildi.


 Memfis Depay (“Lion”dan “Barselona”ga, erkin agent)


“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoada Memfis Depayni koʻrishni juda xohlagan edi. Shu tariqa gollandiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga qoʻshildi. Depay futbol muxlislariga yaxshi tanish. Huchumchi faoliyatini Gollandiyaning “PSV” klubida boshladi. U “JCH -2014” da ajoyib oʻyin koʻrsatdi. Shundan soʻng uni “Manchester Yunayted”  sotib oldi. Angliyadagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin Fransiyaning “Lion” klubiga oʻtdi. U yerda hujumchi bosimlarsiz, erkin oʻynay boshladi va jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Depay hozir 27 yoshda. Uning “Barsa” safida sovringa ega boʻlish ehtimoli yuqori. Memfis “Barsa”dagi debyutini “Real Sosedad”ga qarshi uchrashuvda boshladi. U oʻyinda Jerar Pike uzatmasini golga aylantira oldi. 


Lionel Messi (“Barselona”dan “PSJ”ga, erkin agent)

 

Kataloniya klubi bilan barcha sovringa ega boʻlgan futbolchi 5-avgust kuni “Barsa” bilan yangi shartnoma boʻyicha kelishuvga erisha olmaganidan keyin Fransiyaning “PSJ” klubi bilan ikki yillik kelishuvga erishdi. Kutilmagan voqeadan keyin muxlislar Messining “PSJ” safidagi birinchi oʻyinini intiqlik bilan kutmoqda. Argentina termasi bilan Amerika kubogi sohibi boʻlgan fulbolchining hali toʻliq jismoniy tayyorgarlikka ega emasligi sababli debyut oʻyini kechikmoqda. Hozirda “PSJ” chempionat doirasida uchta oʻyinda toʻqqiz ochko jamgʻarib turnir jadvalining birinchi pogʻonasida bormoqda.  


Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Yangi mavsumda yangi transferlar: kim qanchaga baholandi? | Zamon.uz