Ta'lim

Olti yoshli bolalar majburiy bir yillik taʼlimga qanday asoslarda qabul qilinadi?

Mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, inson o‘z hayoti davomida ega bo‘ladigan barcha maʼlumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda oladi.

Olti yoshli bolalar majburiy bir yillik taʼlimga qanday asoslarda qabul qilinadi?

 

 

Shu bois mamlakatimizda maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining ajralmas bo‘lagiga aylangan. Olti yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash  soha vakillari oldida turgan muhim vazifa etib belgilangan. Yurtimizda bugungi kunda jami 669 ming 198 nafar 6 yoshli bolalarning 311ming 618 nafari maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olingan.

 

Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Qayd etilganidek, jami bolalarning 515 ming 144 nafari, yaʼni 77 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan. Shuningdek, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”ga muvofiq maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar qamrovining yangi maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra, 2025 yilga kelib olti yoshli bolalarning majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga to‘liq jalb qilish hamda 2030 yilgacha respublikadagi 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish ko‘zda tutilgan.

 

MTTga qamrab olingan 6 yoshli bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun “Ilk qadam” va “Ilm yo‘li” variativ o‘quv dasturidan foydalanilmoqda.

 

 

—Bunda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalar bepul taʼlim-tarbiya oladi. Har xil ijtimoiy-maishiy moddiyatlar uchun ota-onalardan pul yig‘ilmaydi. Bunga davlat byudjetidan har bir bola uchun pul ajratilgan. Ota-onalardan sanitariya-gigenik vosita yoki boshqa narsalar uchun hech qanday pul undirilmaydi. Agar shunday holatlar kuzatilsa,  Maktabgacha taʼlim vazirligiga murojaat qilish zarur. Biz mavjud holatni tezkorlik bilan o‘rganib, tegishli choralar ko‘ramiz,— deydi Maktabgacha taʼlim vaziri o‘rinbosari Nodir Muslitdinov.

 

Bolalarni boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlashda har bir bolaga davlat byudjetidan oyiga 416 ming 700 so‘m, yiliga 5 million so‘m mablag‘ ajratiladi.

 

Majburiy bepul taʼlimga 2020 yilda 50 milliard, joriy yilda esa 57,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

 

Bugungi kunda 6 yoshli bolalar  qisqa muddatli, maktabga tayyorlov va boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlariga  qamrab olinadi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, qisqa muddatli va maktabga tayyorlov guruhlarida ota-onalardan faqat  bolalarni ovqatlantirish uchun pul undiriladi.

 

Qisqa muddatli guruhlarda bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdori MTTning joylashgan manzili va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

 

Oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 38 ming so‘m, viloyat markazida 36 ming, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 32 ming, tuman markazida 29 ming, boshqa joylarda 26 ming so‘m, oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda Toshkent shahrida 26 ming so‘m, viloyat markazida 25 ming, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 23 ming, tuman markazida 20 ming, boshqa joylarda 18 ming so‘m to‘lov olinadi.

 

Shuningdek, respublikaning 70 ta tumanida joylashgan MTTlarda ushbu miqdor ikki baravar kam.

 

MTTning maktabgacha tayyorlov guruhlarida ota-onalar to‘lovi miqdorlari MTT joylashgan manzili, guruh ish rejimi va MTTga oiladan qatnayotgan bolalar soniga qarab tabaqalashtirilgan.

 

 

Ota-ona to‘lovi miqdori 9 soatli ish rejimida oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 206 ming so‘m, viloyat markazida 199 ming, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 183ming, tuman markazida 135 ming, boshqa joylarda 95 ming so‘m, oiladan 2 nafar va undan ortiq bola qatnaganda esa Toshkent shahrida 147 ming so‘m, viloyat markazida 141 ming, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 130 ming, tuman markazida 102 ming, boshqa joylarda 77 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Ota-ona to‘lovi miqdori 10,5 soatli ish rejimida oiladan 1 nafar bola qatnaganda Toshkent shahrida 246 ming so‘m, viloyat markazida 238 ming, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda 206 ming, tuman markazida 183 ming, boshqa joylarda 167 ming so‘mdan iborat.

 

Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, to‘lov undiriladigan guruhlarning boshlang‘ich taʼlimga majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlaridan farqi —  bolalarning ovqatlanishi bilan bog‘liq. Majburiy bir yillik bepul tayyorlov guruhlari uchun bolalarni ovqatlantirish ko‘zda tutilmagan.

 

Dostonbek Baxtiyorzoda

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.