Sport

“Tokio-2020”  Paralimpiya kundaligi

24-avgust kuni Yaponiyaning Tokio shahrida yozgi paralimpiya o‘yinlariga start berildi.

“Tokio-2020”  Paralimpiya kundaligi

 

Bugundan sportchilar musobaqadagi dastlabki chiqishlarini boshlashdi. 25 avgust kungi dasturda terma jamoamiz safida 5 nafar sportchimiz musobaqada ishtirok etdi.

 

Ulardan Muzaffar Tursunxo‘jayev, Islom Aslanov va Shohsanam Toshpo‘latova para suzish bo‘yicha final bosqichida qatnashgan bo‘lsa, Nigoraxon Mirzohidova va Muslima Odilova dastlabki urinishdayoq musobaqa bilan xayrlashdi.

 

Final bosqichida Islom Aslanov 57.12 natija bilan terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni taqdim etgan bo‘lsa, Muzaffar Tursunxo‘jayev 57.44 bilan beshinchi, Shohsanam Toshpo‘latova esa 1:06.21 bilan to‘rtinchi bo‘lib marraga yetib keldi va paralimpiya o‘yinlarida para cuzishning batterflyay usulida o‘z ishtirokini yakunladi.

 

Ertaga  Muslima Odilovadan tashqari qolgan to‘rtta sportchimiz para suzishning chalqancha usuli bo‘yicha “Tokio-2020” Paralimpiya o‘yinlarida qatnashadi. Toshkent vaqti bilan ertalab soat 06:38 da erkaklar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islam Aslanov, soat 06:45 da esa ayollar o‘rtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova va Nigoraxon Mirzohidova saralash bahsida startga chiqadi.

 

Jamshid Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Tokio-2020”  Paralimpiya kundaligi | Zamon.uz