“Tokio-2020”: Paralimpiyachilarimiz dastlabki medalni qo‘lga kiritdi
24 avgustdan Yaponiyaning Tokio shahrida navbatdagi paralimpiya o‘yinlariga start berildi.


Bugun musobaqaning birinchi kunidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda 100 metrga batterflyay usulda suzish bo‘yicha Muzaffar Tursunxo‘jayev, Islom Aslanov va Shohsanam Toshpo‘latova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Biroz avval para suzish bo‘yicha terma jamoasmiz aʼzosi Islam Aslanov 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan final musobaqasida 3-o‘rinni egalladi va delegatsiyamiz hisobiga ilk bronza medalini yozdirib qo‘ydi.
Jamshid Amirov







