Sport

Mahmud Murodov navbatdagi jang oldidan nimalar dedi?

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov 28 avgust kuni bizning vaqt bilan 29 avgust tongida AQSHning Las-Vegas shahrida Jerald Myorshartga qarshi jang qiladi. Mahmud ushbu jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Mahmud Murodov navbatdagi jang oldidan nimalar dedi?

 

 

— Las-Vegasdagi birinchi jangingiz faoliyatingizda qanday ahamiyatga ega?

 

— Hammaga salom. Bu unchalik  katta voqea emas. Men bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldim. Abu-Dabimi, Las-Vegasmi farqi yo‘q, mening vazifam g‘alaba qozonish.

 

—Las-Vegasga kelganingizdan so‘ng Floyd Meyvezer bilan uchrashdingizmi? Uning Vegasdagi uyiga bordingizmi?

 

— Yo‘q, balki jangdan keyin uchrasharmiz. Men hozir faqat bo‘lg‘usi jangga etibor qaratayapman. Floyd esa hozir Mayamida.

 

—UFCda hozirgacha 3-0 hisobini qayd etgansiz. Bunga qanday munosabatdasiz?

 

— Men hozir o‘zimning keyingi g‘alabam va bonusim tomon ketyapman (kulib qo‘yadi). Albatta, bu hazil. Men birinchi navbatda g‘alaba qozonishni maqsad qilganman. Sababi, men ilk marta to‘liq kempni o‘tadim. Bundan oldingi uchta jangimda juda qisqa muddat tayyorgarlik olib borganman. Bir hafta, sakkiz kun va 20 kun. Hozir esa men to‘liq mashg‘ulotlar lagerini o‘tadim. Raqibim  yaxshi jangchi: kuchli jui-jitsu ustasi. Jang “stoyka”da kechadi, deb o‘ylayman.

 

— Jerald bilan raqib tushganingizda qanday xayollarga bordingiz? Uni oldindan bilarmidingiz yoki bu kim ekan, deb o‘yladingizmi?

 

— Yo‘q, men uni oldindan bilaman. Chunki u Xamzat Chimayev  bilan ham jang qilgan. Jeraldni bundan uch yil oldin, UFCga o‘tmasimdan avval ko‘rganman. O‘shanda u bir yigit bilan jang qilgandi. Uning jangini ko‘rib menejerimga shu yigit bilan jang qilishim kerak degandim. Qarang, mana uch yildan keyin biz UFCda raqib bo‘ldik.

 

— Nega menejeringizga aynan Myorshart bilan jang qilmoqchiman dedingiz?

 

— Chunki uning uslubi menga juda mos edi. Uni albatta yutaman, deb o‘yladim. Myorshart kuchli “udarnik” emas. Zarbalar borasida men undan ustunroqman. Oyoq harakatlarim ham ancha yaxshi. Griplingim ham yomon emas. Yana ko‘ramiz.

 

— Myorshart sizga qarshi agressiv harakat qilishi va oxirigacha kurashishini taʼkidladi. Siz uni shunday jang qilishiga ishonasizmi?

 

— Marhamat, men har qanday jangga tayyorman. Jang qilish mening hayotim. Unga juda qattiq tayyorgarlik ko‘rganman.

 

— Ko‘pchilik sizni kelajagi porloq jangchi, titul uchun bo‘lajak nomzod sifatida ko‘rmoqda. Siz bunga qanday qaraysiz?

 

— Bu hamma sportchining orzusi. Qolaversa, men vatanim O‘zbekiston sharafini himoya qilaman. Bizda MMA juda tez rivojlanyapti. Mamlakatimda yangi promoushen tashkil qildim. Yosh yigitlar uchun bu juda yaxshi bo‘ldi.

 

— Siz O‘zbekistonda janglar tashkil qilyapsizmi?

 

— Ha, men O‘zbekistonda “kichik” Dana Uaytman. Sizlar O‘zbekistonga albatta boringlar. Eshiklarimiz hamma uchun ochiq.

 

— Oxirgi savolim. Bu jangda bizga nima vaʼda qilasiz?

 

— Men bu yerga faqat g‘alaba uchun kelganman. Jangni muddatidan oldin tugatish niyatidaman. O‘zimni yaxshi his qilyapman. Men sizlarga bu safar haqiqiy Mahmud Muradov kim ekaligini ko‘rsataman. Chunki bundan oldingi uch jangimga juda qisqa muddatga kelgan edim.

 

 

Jamshid Amirov tayyorladi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Mahmud Murodov navbatdagi jang oldidan nimalar dedi? | Zamon.uz