Asila Mirzayorova Paralimpiya o‘yinlari kumush medalini qo‘lga kiritdi
Bir oz avval yakuniga yetgan para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslari biz uchun omadli keldi.


Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Asila Mirzayorova delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni qo‘shtirib qo‘ydi.
Hamyurtimiz 4.89 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio Paralimpiya o‘yinlarida 2 nafar suzuvchimiz Shohsanam Toshpo‘latova hamda Nigora Mirzohidova o‘z ishtirokini yakunladi.







