Mahmud Murodov UFC‘dagi ilk mag‘lubiyatiga fikr bildirdi
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov Jerald Myorshertga qarshi jangda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alaba va mag‘lubiyat Yaratgandan. Xech qanday bahona yo‘q, raqib bugun yaxshiroq harakat qildi va g‘alaba qozondi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. InshaAlloh, kuchliroq bo‘lib qaytamiz”, - deb yozadi Murodov o‘zining Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov UFC‘dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgandi.







