O‘smir bokschilarimiz 11 ta medal qo‘lga kiritishdi, umumjamoa hisobida birinchimiz!
Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda.


Bugun, 29 avgust kuni musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi janglari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo‘lishdi.
Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
🥇Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev
-63 kg: Lazizbek To‘lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
🥈Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboyev
🥉Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev
Qayd etish lozimki, o‘smir yigitlarimiz umumjamoa hisobida 6 ta oltin bilan birinchi o‘rinni egallashdi. Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta medalni esa Eron vakili qo‘lga kiritdi.







