Sport

«ArMI — 2021»: o‘zbek harbiylari uchinchi marta g‘olib bo‘ldi

Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida «Xalqaro armiya o‘yinlari» doirasida «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasining so‘nggi sharti — «Jamoaviy birinchilik» bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

«ArMI — 2021»: o‘zbek harbiylari uchinchi marta g‘olib bo‘ldi

 

 

«Jamoaviy birinchilik» shartiga ko‘ra, ishtirokchilar muhandislik to‘siqlaridan emaklab o‘tib, shartli yaradorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uni tibbiy zambil va arqon yordamida suvli to‘siq ustidan olib o‘tish, sanitar harbiy texnikaga joylashtirish, barcha aslahalarni yig‘ishtirib, xavfsiz hududga olib chiqish kabi mashqlarni bajardi.

 

 

Ishtirokchilar shartli ravishda jang maydoniga aylantirilgan maxsus yo‘laklarda o‘z mahoratini namoyish qildi.

 

 

 Yakuniy natijalarga ko‘ra, erkaklar va ayollar bahsida O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘ringa  egalladi.

 

 

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi bu yil ham musobaqaning «Jamoaviy birinchilik» bosqichida yangi rekord qayd etdi. Mazkur shartni erkaklar 5 daqiqa 28,4 soniya (o‘tgan yil – 6‘28,8), ayollar  esa 7 daqiqa 51,3 soniya (o‘tgan yil – 10‘09,2) ichida bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Barcha shartlardagi umumiy natijaga ko‘ra, birinchi o‘rinni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi, ikkinchi o‘rinni Rossiya Federatsiyasi, uchinchi o‘rinni esa Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi egalladi.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada hamyurtlarimiz 3 yildan buyon g‘oliblikni  qo‘ldan bermay kelyapti.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

«ArMI — 2021»: o‘zbek harbiylari uchinchi marta g‘olib bo‘ldi | Zamon.uz