Sport

Messining debyut o‘yini tomoshasi Ispaniyada rekord natijani qayd etdi

Lionel Messining «Paris Saint-Germain» safidagi debyut o‘yinini Ispaniyada 2 milliondan ortiq muxlis tomosha qildi. Shu tariqa “PSJ” va “Reyms” o‘rtasidagi «fransuzlar bahsi» Ispaniyada eng ko‘p tomosha qilingan o‘yin sifatida rekord o‘rnatdi.

Messining debyut o‘yini tomoshasi Ispaniyada rekord natijani qayd etdi

 

 

34 yoshli argentinalik Neymar o‘rniga almashtirilib, 30 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda “PSJ” 2-0 hisobida “Reyms” ustidan g‘alabaga qozondi. Jamoaning ikkala goliga ham “Real” nishonida turgan Kilian Mbappe mualliflik qildi.

 

Messining debyuti Ispaniyaning “Telecinco” bepul kanali orqali efirga uzatildi. 2,2 million tomoshabinga ega bo‘lgan ushbu uchrashuv yakshanba kuni mamlakat bo‘ylab eng ko‘p ko‘rilgan ko‘rsatuvga aylangan. Dunyo miqyosida oladigan bo‘lsak, “PSJ”ning o‘sha g‘alabasini 6,7 milliondan ziyod odam tomosha qilgan. Taqqoslash uchun: “Barselona” “Xetafe” ustidan 2-1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinni televideniye orqali 591 ming muxlis ko‘rgan.

 

Maʼlumot uchun, Lionel Messi “PSJ” safiga o‘tganidan so‘ng uning sobiq jamoadoshi Jerard Pike Ispaniya bo‘ylab Fransiya chempionati translyatsiya huquqini sotib olganini aytgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Real” bu yozni Mbappesiz o‘tkazishi haqia xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

custom img

Abdulaziz Alimjonov O‘zbekistonga Osiyo chempionatidagi ilk medalni olib keldi

Sportchi siltab ko‘tarish mashqida 191 kilogramm natija qayd etib, uchinchi o‘rinni egalladi.

custom img

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh–2026 oldidan tayyorgarlik rejasi ma’lum qilindi

Terma jamoa JCh–2026 oldidan Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

custom img

O‘zbekistonda "Men G‘olib Run" vatanparvarlik yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yugurish musobaqalari qahramonlar xotirasini e’zozlash va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga bag‘ishlandi.

custom img

Eldor Shomurodovning ustozi Italiya jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda

Ranerining Rim klubidagi samarali faoliyati va katta murabbiylik tajribasi jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar qatorida ko‘rilishiga asos bo‘lmoqda.

custom img

Eron 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadi — FIFA

U xalqaro futbol siyosiy keskinliklardan ustun turishi kerakligini ta’kidladi.

custom img

Husanov aprel oyida “Siti”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmadi

Muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra, ushbu sovrin jamoa himoyachisi Niko O‘Rayliga nasib etdi.

custom img

Navbahor Hamidova World Boxing kubogida ikki karra chempion bo‘ldi

U Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 2025-yilgi turnirda ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

custom img

Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Musobaqada 100 dan ortiq davlatdan qariyb 1 300 nafar sportchi qatnashishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"