Osiyo chempionatida yoshlarimiz 17 ta medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakuniga yetdi.


Boks bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatida 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medali sohibi bo‘ldi. Bu bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi, qizlarimiz esa o‘z toifalarida birinchi o‘rinni egalladi. Terma jamoamiz musobaqani umumiy hisobda ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida g‘olib va sovrindorlar safidan quyidagicha joy oldi.
Erkaklar o‘rtasida:
Oltin:
Aʼloxon Abdullayev (- 71 kg )
Nusratbek Tohirov (- 92 kg )
Jahongir Zokirov ( +92 kg )
Kumush:
Ahmadjon Qo‘ziboyev (-51 kg )
Samandar Solijonov (-67 kg )
Diyorbek O‘ralov (-86 kg )
Bronza:
Muhammadqodir Mamirjonov ( -48 kg )
Qizlar o‘rtasida:
Oltin:
Farzona Fozilova (- 48 kg )
Sabina Boboqulova (- 50 kg)
Feruza Kazakova (- 50 kg )
Nigina O‘ktamova (- 57 kg )
Aziza Zokirova (- 70 kg )
Bronza:
Muxlisa Xushvaqtova (- 54 kg )
Ruxshona O‘ktamova (- 60 kg )
Mohira Ahmedova ( -63 kg)
Sabohat Husanova (- 81 kg)
Xadichabonu Ergasheva ( +81 kg )
Jahon chempioni Nigina O‘ktamova bu gal Osiyo chempionligini qo‘lga kiritib, qizlar toifasida musobaqaning eng yaxshi bokschisi, deb topildi. Taniqli referimiz Aleksandr Hamidov erkak hakamlar o‘rtasida tengsiz bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan aval o‘smirlarimiz Osiyo chempionatida 11 ta medal qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Jamshid Amirov







