Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi
Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, musobaqa sportning 17 ta turi bo‘yicha tashkil etiladi.


Unda 10 ta davlatdan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakam va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Qozonga 3, 6-7 sentyabr kunlari uchib boradi.
Maʼlumot uchun, «Kichik olimpiada» o‘yinlarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi MDH davlatlari o‘yinlari 2020 yilda o‘tkazilishi kerak edi, ammo pandemiya sababli qolib ketgandi. Hozir ushbu o‘yinlarda 23 yoshgacha bo‘lgan 3 mingga yaqin sportchi qatnashishi kutilyapti.







