Jahon

Kobul aeroportini kim boshqaradi?

1 sentyabr kuni Kobul aeroportiga AQSH chiqib ketgandan keyin ilk samolyot keldi–u Qatarning “Qatar Airways” aviakompaniyasiga tegishli. Bundan bir necha kun avval “tolibon” Qatar va Turkiyaga aeroportni boshqarishda texnik yordam so‘rab murojaat qilgan. Strategik muhim nuqtani chet elliklarga berishdan qanday naf bor va Anqara Afg‘onistonning keyingi taqdirida qanday rol o‘ynashi mumkin?

Kobul aeroportini kim boshqaradi?

 

 

Turkiyaning Kobul aeroportini boshqarishi haqidagi xabarlar ilk bor  iyunda tarqalgan edi. Shu oyda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSH prezidenti Jozef Baydenga moliyaviy yordam  ko‘rsatilgan taqdirda turk askarlari Afg‘onistonda qolishini  maʼlum qilgan. Bayden o‘z navbatida buni ijobiy qabul qildi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg esa Turkiya kelajakda Afg‘onistonda hal qiluvchi rolni o‘ynashi mumkinligini aytib o‘tdi.

 

Shu o‘rinda eslab o‘tsak. "Tolibon" 13 iyul kuni Turkiya harbiylarining Afg‘onistonda qolishini keskin qoralab chiqdi. Harakat bayonotida turk askarlarining qolishi ikki tomonlama munosabatlarga zarar keltirishi aytib o‘tilgan. O‘sha vaqtda toliblar Anqarani Afg‘onistonda AQSHning siyosatini davom ettiradigan kuch sifatida ko‘rayotgandi. Bugun esa vaziyat tamom ila boshqacha.

 

Turkiya mudofaa vazirining avgust oyida Pokistonga uyushtirgan tashrifida ham mazkur masala asosiy o‘rinni egallagandi. Mazkur muzokaralar “tolibon”ning aeroport masalasida pozitsiyasi o‘zgarishiga taʼsir ko‘rsatdi.

 

Masalan, “tolibon”  Turkiyadan Kobul aeroportini boshqarishda texnik yordam so‘radi. Buni Erdo‘g‘an o‘z chiqishlarida aytib o‘tdi. Harakat bir shart evaziga turklarning ishtirokiga rozi-Anqara askarlari Afg‘onistonga kirmasligi kerak. Mana shu nuqtada tomonlar kelisha olmagan.

 

Turkiya masalani to‘liq hal qilish maqsadida Qatarni vositachi qilgan bo‘lishi mumkin. Qatar variantining asosiy sababi-Doha har ikki tomon bilan yaxshi aloqada.  Masalan, “tolibon” siyosiy ofisi aynan Dohada joylashgan. Turkiya esa Yaqin Sharqdagi siyosatida eng avvalo Qatarga tayanadi.

 

“The Middle East Eye” nashri Turkiya va Qatar ishtirokining quyidagicha bo‘lishini tahmin qilgan:

 

Birinchidan, Turkiya “tolibon”ni Afg‘onistondagi hokimiyatini tan oladi;

Ikkinchidan, aeroport xavfsizligini turk xususiy harbiy kompaniyasi taʼminlaydi;

Uchinchidan, aeroportni tark etmasdan Turkiya maxsus xizmati vakillari texnik xodimlar xavfsizligini taʼminlaydi.

 

“Tolibon”da strategik ahamiyatga ega infrastruktura obyektlarini boshqarish uchun malakali kadrlar yo‘q. Aeroport esa Afg‘onistonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan yagona nuqta hisoblanadi. Gumanitar yordamlarni ham asosan shu yerdan qabul qilish mumkin. Shuning uchun maʼlum vaqt toliblar aeroportni boshqarishni xorijiy davlatlarga topshirishi kutilmoqda.

 

Bundan tashqari Afg‘onistonda evakuatsiya qilinmay qolib ketgan chet elliklar bor. Masalan, AQSHning 600 ga yaqin, Britaniyaning ham yuzdan ortiq fuqarolari hamon mamlakatdan chiqishni kutmoqda. Bunday sharoitda aeroportni NATO aʼzosi Turkiya nazorat qilgani maʼqul variant.

 

Anqara uchun ham Kobul aeroporti bir qancha yutuqlar taqdim etishi mumkin. So‘nggi yillarda Turkiya deyarli barcha yo‘nalishlarda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Xususan, turklar Suriyada o‘zi uchun qulay bufer zonalarni yarata oldi, Fors ko‘rfazida ham Turkiya tobora faollashib bormoqda. O‘tgan yilgi Qorabog‘ urushida Ozarbayjon Turkiya ko‘magi bilan g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Anqara bir necha yillardan beri Markaziy Osiyo bilan keng aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Mintaqada bu davlat ishtirokida bir qancha yirik loyihalar amalga oshirilyapti. Afg‘onistonda qolish bilan Turkiya Markaziy Osiyodagi mavqeini yana-da oshirishi mumkin. Shuningdek, afg‘on giyohvand moddalarining katta qismi Yevropaga Turkiya orqali o‘tadi. Aeroportni boshqarish orqali Anqara narkotrafikni ham nazorat qilish imkonini qo‘lga kiritadi.

 

Turkiyaning Kobul aeroportini boshqarishdagi ishtiroki “tolibon” bilan ishchi aloqalar yo‘lga qo‘yilishiga yordam beradi. Harakat uchun Turkiya G‘arb va AQSH bilan aloqalarda o‘ziga xos ko‘prik rolini o‘ynashi mumkin.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.