Jahon

Janubiy Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvga berildi

Mamlakatda xorijda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinib yurgani aniqlangan.

Janubiy Koreyada 19 nafar O‘zbekiston fuqarosi qidiruvga berildi

 

Janubiy Koreyada xorijda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 110 nafar chet el fuqarosi yashirinib yurgani aniqlangan. Ularning 19 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Bu haqda Milliy politsiya agentligi ma’lumotlariga tayanib, The Korea Times xabar berdi.

 

Milliy politsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 12-avgust holatida Interpol orqali qidiruv e’lon qilingan xorijiy fuqarolar orasida Xitoy fuqarolari 40 nafar bilan eng katta ulushni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston — 19 nafar, Mo‘g‘uliston — 17 nafar va Vetnam — 13 nafar fuqarosi qayd etilgan.

 

Qidiruvdagi shaxslar bilan bog‘liq jinoyatlar orasida firibgarlik eng ko‘p uchraydi — 47 ta holat. Shuningdek, odam o‘g‘irlash, noqonuniy qamoqda saqlash, bolalar va yoshlarni himoya qilishga oid qonunlarni buzish hamda fohishalik bilan bog‘liq 29 ta holat qayd etilgan.

 

Giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar 7 ta, o‘g‘irlik, yo‘l harakati qoidalarini buzish, tan jarohati yetkazish va hujum bilan bog‘liq holatlar esa 5 tani tashkil qilgan.

 

Janubiy Koreya politsiyasi Interpol so‘rovi asosida qidiruvdagi shaxslarning ehtimoliy joylashuvi aniqlangan hududlardagi politsiya bo‘linmalariga ularni hibsga olish bo‘yicha ma’lumot yubormoqda.

 

Agentlik bu yil xalqaro hamkorlik doirasidagi xodimlar sonini 22 nafardan 64 nafargacha oshirgan. Shuningdek, xorijiy davlatlarga qaytarilgan shaxslar soni o‘tgan yilgi 13 nafardan 2026-yil avgustiga kelib 24 nafarga yetgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.