Jahon

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bishkek Arena 386 million dollarga qurilgan


Qirg‘iziston poytaxtida barpo etilgan Bishkek Arena stadionining qurilishiga jami 386 million AQSH dollari sarflangani maʼlum qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Askat Alagozov maʼlum qildi.



U stadion 60 million dollarga qurilgani haqidagi xabarlarni rad etib, mazkur maʼlumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.



Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, dastlab 30–35 ming tomoshabinga mo‘ljallangan, qiymati taxminan 60–70 million dollar bo‘lgan standart stadion qurish rejalashtirilgan. Keyinchalik loyiha Prezident Sadir Japarov topshirig‘i bilan to‘liq qayta ko‘rib chiqilgan.



Yangi loyihada stadionni qirg‘iz o‘tovi shaklida qurish, shuningdek, uning tarkibida savdo maydonchalari, restoranlar va kafelar, supermarket, kinoteatrlar, sport zallari hamda o‘yin maydonchalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu infratuzilma majmuaga daromad keltirishi va kelgusida davlat byudjetiga qo‘shimcha yuk tushirmasligi uchun mo‘ljallangan.



Bishkek Arena umumiy qurilish maydoni 194 248 kvadrat metrni tashkil etadi. Stadion 51 252 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, inshootning diametri 280 metr, balandligi 70 metr va sakkiz qavatdan iborat. Majmua joylashgan yer maydoni qariyb 20 gektarni tashkil etadi.



Stadion tarkibida 35 916 kvadrat metr maydonga ega savdo markazi, 48 ta do‘kon, supermarket, 18 ta chakana savdo kioski, 23 ta restoran, 11 ta kafe, 4 ta kinoteatr, bolalar maydonchasi, sport zali va 5 087 kvadrat metr maydonga ega terrasalar mavjud.



Askat Alagozov stadion sig‘imining 51 mingdan ortiq o‘ringa yetkazilishini FIFAning xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish talablari bilan izohlagan.



Matbuot kotibi stadion o‘z xarajatlarini qoplab, kelgusida daromad keltirishiga umid bildirgan. Hozirning o‘zida pullik tadbirlar va konsertlarni o‘tkazish bo‘yicha arizalar qabul qilinayotgani maʼlum qilingan.



Shuningdek, Bishkek Arena qiymatini boshqa davlatlardagi yirik stadionlar bilan taqqoslashga ham eʼtibor qaratildi. Jumladan, AQSHdagi 65 ming o‘rinli Allegiant stadioni 1,9 milliard dollar, Angliyadagi 62 ming o‘rinli Tottenham Hotspur stadioni 1,33 milliard dollar, Singapur milliy stadioni 1,31 milliard dollar va Rossiyadagi 68 ming o‘rinli Krestovskiy stadioni qariyb 1,1 milliard dollarga qurilgani qayd etilgan.



Shu bilan birga, stadion qurilishining qiymati yuzasidan tekshiruv o‘tkazish uchun Hisob palatasi va boshqa tegishli idoralar vakillaridan iborat komissiya tuzilgan. Komissiya qurilish materiallaridan foydalanish, ish haqi to‘lovlari, mablag‘larning sarflanishi hamda ehtimoliy qonunbuzarliklarni o‘rganadi.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.