Jahon

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda

Bunga Yerning aylanish tezligi o‘zgarayotgani sabab bo‘lmoqda.

Olimlar dunyo vaqtini Yerning aylanishidan ajratishni taklif qilmoqda



Olimlar Yerning aylanish tezligidagi o‘zgarishlar sababli dunyo vaqtini sayyoraning fizik aylanishidan mustaqil yuritish masalasini ko‘rib chiqmoqda.



Xabar qilinishicha, Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi dunyo vaqt standarti — UTCni Yerning aylanishi bilan bog‘liq hisob-kitoblardan ajratish masalasini muhokama qiladi. Bunga Yerning so‘nggi yillarda nisbatan tezroq aylana boshlagani sabab bo‘lmoqda.



Hozirda astronomik vaqt bilan UTC o‘rtasidagi farq 0,9 soniyadan oshmasligi kerak. Shu sababli zarurat tug‘ilganda UTCga «sakrash soniyasi» qo‘shib yoki ayrim hollarda olib tashlab boriladi. Biroq olimlar 2035 yilga kelib manfiy sakrash soniyasini joriy etish zarurati yuzaga kelishi mumkinligini taʼkidlamoqda.



Mutaxassislarning fikricha, manfiy sakrash soniyasi telekommunikatsiya, elektr tarmoqlari va sunʼiy yo‘ldosh navigatsiyasi kabi tizimlarda texnik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Chunki ko‘plab kompyuter dasturlari vaqt hisobidagi sakrash soniyasi faqat qo‘shiladi, degan taxmin asosida ishlab chiqilgan.



Shu sababli dunyo vaqtini Yerning aylanishidan butunlay ajratish va uzoq muddat davomida vaqtni bosqichma-bosqich tuzatib borish taklif qilinmoqda. Ayrim olimlar esa bunday o‘zgarish o‘rniga zarur bo‘lganida bir soniyani shunchaki o‘tkazib yuborish texnik jihatdan kamroq muammo tug‘dirishini bildirmoqda.



Yerning aylanish tezligiga bir nechta omil taʼsir qiladi. Uzoq vaqt davomida Oy taʼsirida yuzaga keladigan to‘lqinlar va ishqalanish sabab sayyoraning aylanishi sekinlashib kelgan. Shu bilan birga, muzliklarning erishi va Yer mantiyasidagi jarayonlar aylanish tezligiga taʼsir ko‘rsatib, kun davomiyligining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.