Jahon

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi

Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.

Makron Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlashni taklif qildi



Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenga Yevropa Ittifoqida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklovchi umumiy Yevropa qonunchiligini ishlab chiqishni taklif qildi. Bu haqda АФП Fransiya prezidentining Yevropa Komissiyasi rahbariga yuborgan maktubiga tayanib xabar berdi.



Makron 29 avgust kuni yuborgan maktubida 15 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlashni yangi umumevropa huquqiy hujjati orqali standartlashtirish zarurligini taʼkidlagan. Uning fikricha, bu chora Yevropa Ittifoqidagi barcha bolalarni onlayn xavflardan himoya qilishga xizmat qiladi.



Fransiya prezidenti, shuningdek, Yevropa qonunchiligida ijtimoiy tarmoqlarning o‘ziga qaramlik xususiyatlarini aniq belgilash va tartibga solish, shuningdek, foydalanish vaqtini cheklash kabi umumiy xavfsizlik standartlarini joriy etish imkoniyatini nazarda tutishni so‘ragan.



Avvalroq Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaratilgan qonun loyihasi parlamentning har ikki palatasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Hujjat platformalardan foydalanuvchilarning yoshini tekshirish mexanizmlarini joriy etishni hamda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning akkauntlarini yopishni nazarda tutgan.



Shuningdek, 15–18 yoshdagi o‘smirlarning internetdan foydalanish vaqtini cheklash uchun “raqamli komendantlik soati” joriy etish taklif qilingan.



Biroq Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi mazkur taqiqni konstitutsiyaga muvofiqligi nuqtai nazaridan rad etgan. Makron endilikda masalani Yevropa Ittifoqi miqyosida umumiy qonunchilik orqali hal qilishni taklif qilmoqda.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.