Jahon

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

Ukraina prezidentining ta'kidlashicha, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatish choralarini muhokama qilmoqda.

AQSh Ukraina uchun “qishki paket” tayyorlamoqchi — Zelenskiy

 

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni qish oldidan yoki qish davomida yumshatishga qaratilgan ehtimoliy choralarni muhokama qilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Axios nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidentining maxsus elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner diplomatik jarayonni oldinga siljitish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda. Ularning aytishicha, Rossiya muzokaralarga tayyor.

 

Ukraina prezidenti Vashington zarur bo‘lsa, Moskva bilan muzokaralar masalasida bosim o‘tkazishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, amerikalik vakillar Kiyevga bir qator yangi takliflarni taqdim etgan.

 

Mazkur takliflar energetika infratuzilmasi, don ta’minoti, elektr energiyasi obyektlari hamda neft va gaz eksporti bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

 

Zelenskiyning ta’kidlashicha, AQShning asosiy maqsadi qish oldidan yoki qish davomida Rossiya va Ukrainani tinchlikka yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan choralarni aniqlashdan iborat.

 

Shuningdek, Vashington Ukraina uchun havo mudofaasi tizimlari va energetika sohasidagi yordamni o‘z ichiga olgan alohida “qishki paket” tayyorlashni rejalashtirmoqda.

 

Stiv Uitkoff va Jared Kushner 5–6-sentabr kunlari Rossiya va Ukraina vakillari bilan uchrashgan. Ular avval Moskvada, keyin Kiyevda muzokaralar o‘tkazgan. Uitkoff Rossiya tomonidan Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha yangi takliflar bildirilganini ma’lum qilgan.

 

Amerikalik muzokarachilar, shuningdek, Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralarni qayta tiklash niyatida ekanini bildirgan.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.