Tokio-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi
Tokio-2020. Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Yaponiyaning Tokio shahrida davom etayotgan yozgi paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal uchun kechgan jangda unga braziliyalik Menezes Bezerra raqiblik qildi. U musobaqaning ikkinchi raqamli sportchisini 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ayni damda delegatsiya hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.
Avvalroq, Shohsanamxon Toshpo‘latova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi bo'lgani haqida xabar bergan edik.







