Sport

Toshkentda polo bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2021” musobaqasi boshlandi

Asosiy bahslar hamda Qorabayir zotiga mansub otlar festivali 4-5-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Toshkentda polo bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2021” musobaqasi boshlandi

 

 

Shu yil 3-5-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionining zaxira maydonida polo bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2021” musobaqasi o‘tkazilishi haqida xabar bergandik. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu musobaqada ilk marotaba mamlakatimizning 8ta polo jamoasi qatnashish istagini bildirdi.

 

Bular:

1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ polo klubi (Qashqadaryo),

2. “Mega sport” polo klubi,

3. “Jaloliddin” polo klubi,

4. “Milliy gvardiya” polo klubi,

5. “Universal Jamping” polo klubi,

6. “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” polo klubi,

7. “Chegarachilar” polo klubi,

8. “Buxoro” polo klubi.

 

 

Musobaqa Olimpiya tizimida tashkil etilib, qur’a yordamida jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi. Biroq, chorak final juftliklaridan faqat birgina o‘yinda muxlislar haqiqiy qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishdi. Milliy gvardiya hamda Jaloliddin polo klublari o‘rtasidagi o‘yinda 13-12 hisobida gvardiyachilarning qo‘li baland keldi. Qolgan chorak final o‘yinlari u yoki bu tomonning yaqqol ustunligida o‘tdi. Natijalar bilan tanishing:

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Qashqadaryo) – “Mega sport” – 14:0

“Universal Jamping” – “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” – 4:7

“Buxoro” – “Chegarachilar” – 1:9

 

Ertaga bo‘ladigan yarim final bahslarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – Milliy gvardiya hamda “NEST ONE Qorabayir” milliy brendi” – “Chegarachilar” polo jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi.

 

 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi hamda qorabayir zotiga mansub otlar festivali 4-sentyabr kuni soat 11:00da boshlanadi. Barcha ot sporti ixlosmandlarini ushbu sport tadbiriga taklif etamiz.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkentda polo bo‘yicha “Mustaqillik kubogi-2021” musobaqasi boshlandi | Zamon.uz