Eng dolzarb

“102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berganlarning o‘zi jinoyatchi bo‘lib chiqdi

Chiroqchi tumanida “102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyat to‘riisida aniq bila turib, yolg‘on xabar bergan shaxslar qo‘lga olindi.

“102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berganlarning o‘zi jinoyatchi bo‘lib chiqdi

 

Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB xabar berdi.

     Aniqlanishicha,Chiroqchi tumani “Dam” MFYda yashovchi X.U. tanishi X.B. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktiradi. Ularning avvaldan kelishilgan rejasiga asosan joriy yilning 31-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga o‘tar kechasi fuqaro M.E.ning nomiga rasmiylash tirilgan, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqam belgili avtomashinasini Chiroqchi tumani “Dam” MFYda yashash uyi oldidan shu qishloqda yashovchi Q.J.ning uyini orqa tomoniga boshqarib olib borib, avtomashinani ochiq holatda qoldirib, “102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi.

    Fuqaro X.U. navbatchi operatorga, guyoki, “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqam belgili avtomashinasini uyi oldida ochiq holatda qoldirilganini, kech soat 02:00 larda avtomashinasini noma’lum shaxslar olib ketganini aytib, aybdor shaxslarni aniqlashda ko‘mak so‘raydi.  Shuningdek, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, jinoyat to‘g‘risida aniq bila turib, yolg‘on xabar beradi.

    Fuqaro X.U. “102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida operator tomonidan yolg‘on xabar berish, ya’ni Jinoyat kodeksining 237-moddasi va 238-moddalari bilan javobgarlik mavjudligi to‘g‘risida ogohlantirilishiga qaramay, yolg‘on xabar bergan.
Murojaat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqamli avtomashina noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha, avtomobil arizachi X.U. tomonidan ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda, yashash uyidan uzoq joyga olib borib qo‘yilgani aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.U. va X.Blarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berganlarning o‘zi jinoyatchi bo‘lib chiqdi | Zamon.uz