Sport

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston 57 ta medal bilan  2-o‘rinda bormoqda

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida davom etayotgan l MDH o‘yinlari  hal qiluvchi pallaga kirdi.

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston 57 ta medal bilan  2-o‘rinda bormoqda

 

Ayni paytda vakillarimiz 57 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi.

 

Vakillarimiz hisobida 16 ta oltin, 23 ta kumush va 18 ta bronza medali bor. Musobaqada rossiyaliklar katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. Ular 61 ta oltin, 18 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Kuchli uchlikdan 9 ta oltin, 6 ta kumush va 15 ta bronza medali bilan Ozarbayjon ham o‘rin olgan.

 

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus vakillari ham oltin medalga sazovor bo‘lgan. Tojikiston, Armaniston va Moldova vakillari hisobida esa hozircha  oltin medal yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"