Sport

Buyuk futbolchilarni aniqlashning yangi formulasi yaratildi. Ilk reyting natijasi maʼlum

Oksfordlik matematik doktor Tom Krouford futbolchilarning buyuklik darajasini taqqoslovchi formula ishlab chiqdi.

Buyuk futbolchilarni aniqlashning yangi formulasi yaratildi. Ilk reyting natijasi maʼlum

 

 

Ushbu yangi formula turli yillarda faoliyat boshlagan futbolchilarning klub va terma jamoadagi yutuqlarini jamlab, buyuklik darajasini taqqoslashga yordam beradi.

 

Olim reytingga «Oltin to‘p» taʼsis etilgandan buyon uni ikki bor qo‘lga kiritgan futbolchilarni qo‘shishga qaror qildi. «Oltin to‘p» mukofotidan avval porlagan “yulduz”larni esa 7 mezon (milliy va xalqaro kuboklar, klublar va terma jamoadagi gollar, «Yilning eng yaxshi futbolchisi» uchun saylovchilarning umumiy soni, shaxsiy rekordlar) bo‘yicha tanlab oldi.

 

Barcha hisob-kitoblardan so‘ng Krouford formulasi bo‘yicha birinchi o‘ntalik shunday ko‘rinish oldi:

 

1. Krishtianu Ronaldu — 537 ball

2. Lionel messi — 503

3. Pele — 459

4. Ferens Pushkash — 305

5. Ronaldu — 281

6. Marko van Basten — 237

7. Alfredo di Stefano — 201

8. Mishel Platini — 177

9. Diyego Maradona — 169

10. Yoxan Kroyf — 163

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Pike futboldagi faoliyatini yakunlashi to‘g‘risida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Buyuk futbolchilarni aniqlashning yangi formulasi yaratildi. Ilk reyting natijasi maʼlum | Zamon.uz