«Leo ketayotganda ham umuman tashvishlanmadim» — Xaviyer Tebas
«La Liga» prezidenti Xaviyer Tebas Lionel Messining “PSJ”ga o‘tgani haqida ilk bor o‘z fikrini bildirdi.


«Krishtianu bilan Neymarning ketishini ham ko‘pchilik fojia sifatida qabul qilgan edi. Lekin aslida unday bo‘lmadi. Мessi bilan ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘ldi. Shu bois Leo ketayotganda ham umuman tashvishlanmadim. Uning ketishi «La Liga» darajasiga taʼsir etmadi. Bizda Vinitsius kabi yosh va isteʼdodli futbolchilar bor. Ular ham chiroyli o‘yinlar namoyish etmoqda», - deya yozadi prezident Twitter'dagi sahifasida.
Maʼlumot uchun, “Barsa”ning sobiq o‘yinchisi Lionel messi 10 avgustda parijliklar bilan shartnoma imzolagan. Argentinalik “afsungar” fransuzlar bilan debyutini o‘tkazishga ham ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rikelme Messining “PSJ”dagi faoliyati borasida fikr bildirgan edi.
Maqsadjon Obidjonov







