Sport

Ronald Kuman: “Barsa”da Lyuk de Yong kabi futbolchining bo‘lishi imkoniyatlarimizni yana-da oshiradi”

“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ronald Kuman “Sevillia”dan sotib olingan hamyurti haqida fikr bildirdi.

Ronald Kuman: “Barsa”da Lyuk de Yong kabi futbolchining bo‘lishi imkoniyatlarimizni yana-da oshiradi”

 

“Lyukning jamoaga kelishi tasodifan bo‘lgani yo‘q. Uni sotib olish rejasi avgust oyi boshidan beri ko‘rib chiqilayotgan edi. Men jamoamizda biznikidan farq qiluvchi hujumchi bo‘lishini xohlardim va de Yongni yaxshi bilganim uchun uni safimizga qo‘shib olishni taklif qildim.

 “Barselona”dek buyuk jamoada Lyuk de Yong kabi futbolchi bo‘lmasligi mumkin emas. Chunki u bizning imkoniyatlarimizni yana-da kengaytiradi. Jarima zarbalari va burchak to‘plarida, ayniqsa, bosh bilan  juda ham yaxshi o‘ynaydi. Bu transferdan mamnunman”, - deydi “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi.

 

Maʼlumot uchun, 31 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2019 yildan buyon “Sevilliya” jamoasida to‘p surgan. U 94 ta o‘yinda maydonga tushib 19 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xaviyer Tebasning messi haqidagi fikrlarfini taqdim etgandik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ronald Kuman: “Barsa”da Lyuk de Yong kabi futbolchining bo‘lishi imkoniyatlarimizni yana-da oshiradi” | Zamon.uz