Sport

“Odamlar hurmat qilishlari uchun, bilmadim, yana nima qilishim kerak” — Neymar

“PSJ” klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar muxlislarga murojaat bilan chiqdi.

“Odamlar hurmat qilishlari uchun, bilmadim, yana nima qilishim kerak” — Neymar

 

 

Chunki JCH-2022 bahslarida “Pentacampionlar” Peru ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonganiga qarmay, muxlislar undan norozi ekanini bildirgan. Holbuki Neymar ushbu o‘yinda bitta gol urgan, bitta golga hammualliflik qilgan.

 

“Terma jamoa manfaati, albatta, hamma narsadan ustun. Men saralash bahslarida ko‘p gol kiritganim, g‘alabalarga o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman. Hammasi yaxshi davom etsa, tez orada Pele rekordini yangilab, jamoaning eng yaxshi to‘purariga aylanaman. Bu men uchun sharaf. Lekin meni mutlaqo boshqa narsa ajablantiradi.

Muxbir, futbol sharhlovchilari va muxlislar men haqimda anchadan buyon salbiy fikrlar bildirayotganidan xabarim bor. Bu balki normal holatdir, lekin baʼzida ana shunday bosimlar tufayli intervyu berishni ham xohlamay qolaman. Odamlar hurmat qilishlari uchun, bilmadim, yana nima qilishim kerak”, deydi o‘z murojaatida Neymar.

 

Maʼlumot uchun: 29 yoshli braziliyalik JCH-2022 saralash bahslarida 20 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi. Bu natija jamoa doirasida rekord hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xaviyer Tebasning Messi haqidagi fikrlarini taqdim etgan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“Odamlar hurmat qilishlari uchun, bilmadim, yana nima qilishim kerak” — Neymar | Zamon.uz