Sport

“PSJ”da standartlarni kim amalga oshiradi?

2021/2022- yilgi mavsumga start berilganidan buyon «PSJ» penaltilardan raqib darvozasiga 5 ta gol urdi. Leo Messi yulduzli tarkibga kelib qo‘shilganidan keyin penalti va standartlarni kim amalga oshirishi bo‘yicha muhokamalar bo‘lmoqda. 2018/19 yilgi mavsumdan boshlab, Leo «Barselona» safida 124 ta jarima zarbasini amalga oshirgan. Argentinalik futbolchining ushbu zarbalaridan 14 tasi golga aylangan.

“PSJ”da standartlarni kim amalga oshiradi?

 

Lionel Messining «PSJ»dagi standartlarni amalga oshirishdagi asosiy raqibi Neymar bo‘lishi tabiiy. Garchi braziliyalik futbolchi so‘nggi yillarda jarohatlari sabab to‘liq o‘ynamayotgan bo‘lsa-da, lekin oxirgi mavsumda 37 marta jarima zarbasidan gol urdi. Neymarning Messidan ustunligi  jarima zarbasidan aniq foydalana olishida. U so‘nggi o‘yinlarda 16 bor jarima zarbasidan 14 ta gol urishga erishdi. 

 

Jarima zarbalari uchun kurashda yangi mavsumda bu ikki futbolchi bilan Kilian Mbappe  bemalol raqobat qilishi mumkin. Futbolchi «PSJ» safida to‘rt mavsum davomida jarimadan atigi uchta gol urdi. Uning o‘yinlarda ijro etgan burchak to‘plari nisbatan aniqroq chiqqanini kuzatish mumkin. Mbappe burchak to‘plarining 15 tadan 7 tasiga golli uzatma berdi. Fransuz futbolchisi shu vaqtga qadar sakkiz marta penaltini amalga oshirdi va yetti bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

 

Standartlar raqobatida Anxel Di Mariya ham bu top futbolchilar qatoriga kirishi aniq. Negaki u 2018/2019 yilgi mavsumdan buyon 23 ta jarima zarbasining 4 tasini golga aylantira olgan. Shuningdek, futbolchi burchak to‘plaridan 48 tasida golli uzatma bergan.

 

Messi kabi shu yozda «Real Madrid»dan Parij klubiga kelib qo‘shilgan Serxio Ramos ham penaltilarni amalga oshirishda katta tajribaga ega hisoblanadi. U bu qobilyatini «Real Madrid» safida namoyish qilgan. 2018 yilning yozidan boshlab, ispaniyalik futbolchi “Real” safida penaltilarni ijro etishda 13 ta urinishning barchasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 11 metrlik nuqtadan gol urishda Ramosga Messi va Neymar raqobat qila oladi. 

 

Parijliklarning penaltilar va boshqa standartlar bo‘yicha asosiy ijrochisini ajratish qiyin. Bu masʼuliyat katta ehtimol bilan Messi yoki Neymar zimmasiga tushadi. Ammo boshqa futbolchilarni ham unutmasligimiz lozim. Bu yerda  murabbiy tanlovi ko‘p narsani hal qilishi turgan gap.

 

Telegram kanalimizda mazkur savol bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovnomamizda muxlislarning 63 foizi Lionel Messiga, 19 foizi Neymarga, 12 foizi Kilian Mbappega va 6 foizi esa Di Mariyaga ovoz berishdi.

 

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

“PSJ”da standartlarni kim amalga oshiradi? | Zamon.uz