Gvardiola jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
O‘tgan hafta FIFAning global futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Arsen Venger jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o‘tkazish taklifini ilgari surgan edi. «Manchester Citi» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Vengerning ushbu tashabbusi haqida o‘z fikrini bildirdi.


“Muhokama uchun har gal yangi taklif va tashabbuslar ilgari surilsa xursand bo‘laman. Tabiiyki, har bir klub va chempionat o‘z pozitsiyasi va manfaatlarini himoya qiladi. Ayniqsa jahon futboliga taalluqli takliflar keng muhokamaga sabab bo‘ladi.
Jahon chempionati ham qiziqarli, ham auditoriyasi keng. Uni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Jahon chempionati agar har 2 yilda o‘tkazilsa, menimcha juda ajoyib bo‘ladi.
Men ayni shu jihatdan Arsen Vengerni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
Jahon futbolida ajoyib yutuqlarga erishgan insonning bunday taklif va tashabbus bilan chiqqanidan xursandman», - dedi Pep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” klubining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning Dubay shahrida darvozabonlar tayyorlash markazi ochayotgani haqida xabar bergan edik.
Jamshidbek Amirov







