Sport

Kuchli beshlik: navbatdagi tur o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?

Bugundan Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Biz oldingi tahlillarimizni davom ettirgan holda ortda qolgan o‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Kuchli beshlik: navbatdagi tur o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi?

 

 Premyer-liga

 

Angliya premyer ligasida  jozibali o‘yinlar davom etmoqda. 28-29 avgust kunlari premeroning uchinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu tur bahslari o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ajralib turdi. Chunki musobaqaning bu bosqichida to‘rtta grand jamoa bir-biri bilan to‘qnash keldi. Xususan, turni «Manchester Citi» – “Arsenal” klublari o‘rtasidagi bahs ochib berdi. Mavsum boshlanganidan buyon faqat mag‘lubiyat alamini tortayotgan londonliklar bu safar ham muxlislarini xafa qildi. Bahsda “shaharliklar” raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va uch ochkoga ega bo‘ldi. Ushbu turdan o‘rin olgan yana bir qiziqarli o‘yin “Liverpul” – “Chelsi” bahsida esa jamoalar durang natijani qayd etdi. Chempionat boshidan raqiblari ustidan g‘alaba qozonib kelayotgan ikki klub ham bu turda ochko yo‘qotdi va turnir jadvalidan biroz pastlashga majbur bo‘ldi.

 

Shu turning qiziqarli o‘yinlari «Vest Hem» – «Kristal Pelas», “Nyukasl” – “Sautgempton” klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda jamoalar 2:2 hisobidagi natijaga erishdi. Tarkib borasida bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirgan «Manchester Yunayted» mehmonda “Vulverxempton” klubini kichik hisobda mag‘lub etdi. Yaqinda «qizil iblislar» safiga kelib qo‘shilgan Krishtianu Ronalduning debyut o‘yini “Nyukasl” jamoasiga qarshi bahsda amalga oshishi kutilmoqda. Musobaqa avvalidan mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Tottenxem” bu gal “Uotford” klubidan uch ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. “Norvich” klubi Londonning “Arsenal” klubi kabi navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Jamoa bu safar o‘z uyida “Lister”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Lids” esa ikkinchi turdagi durangdan keyin yana bir shunday natija bilan qanoatlandi. Jamoa o‘z uyida “Bernli” bilan 1:1 hisobidagi natijaga rozi bo‘ldi. Yana bir shunday hisob «Aston Villa» – “Brentford” uchrashuvida qayd etildi. Shuningdek, ushbu turda “Everton” safarda “Brayton”ni ikki to‘p hisobida mag‘lub etdi.

 

Angliya chempionati uchinchi turidan keyin mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirayotagan “Tottenxem” birinchi o‘rinni egallab turibdi. Keyingi pog‘onalarni «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» jamoalari band etgan. Jadvalning so‘nggi o‘rinlarida hali biron marta ham g‘alaba qozona olmagan “Arsenal”, “Norvich”, “Vulverxempton” klublari bormoqda. To‘pururlar ruyxatini to‘rtda gol bilan “Vest Hem” hujumchisi Antonio boshqarib turibdi. Angliya chempionati to‘rtinchi tur o‘yinlari 11-12-13 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

La Liga

 

Klublar tarkibida bir qator o‘zgarish va yangilanishlarni boshidan o‘tkazayotgan Ispaniya La ligasida ham 27-28-29 avgust kunlari navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Tur o‘yinlari haqida to‘xtalishdan avval transferlar oynasining so‘nggi daqiqalarida  Antuan Grizmanning  “Atletiko” klubiga qaytib o‘tganini aytib o‘tish lozim. Madridliklar tomontdan “Barselona” sharafini himoya qilgan fransiyalik hujumchi 10 million yevro evaziga bir yilga ijaraga olindi. “Barselona” rahbariyati bu transfer orqali klubning moliyaviy holatini tiklab olishni rejalashtirgani maʼlum bo‘ldi. Xo‘sh, Ispaniya klublari ushbu turda qanday natijalarni qayd etdi?Turni “Malorka” – “Espanyol” o‘yini ochib berdi. Unda “Malorka” klubi o‘zning stadionida kichik hisobda “Espanyol”dan ustun keldi. Oldingi turga qaraganda uchinchi tur o‘yinlari sermahsul o‘tdi, deb bemalol ayta olamiz. Sababi uchrashuvlarda bir qator yirik hisoblar qayd etildi. Bunga “Valensiya” – “Alaves”, «Rayo Valekano» – “Granada” to‘qnashuvlari misol bo‘la oladi. Birinchi bahsda “Valensiya” “Alaves”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, «Rayo Valekano» 4:0 hisobida “Granada”dan ustun keldi. Musobaqa favoritlari «Real Madrid» va “Barselona” raqiblari ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishdi. Madridning yana bir jamoasi “Atletiko” esa uyida “Vilyareal” bilan durangga imzo chekdi. Turning eng qiziqarli o‘tgan o‘yinlaridan biri “Kadis” – “Osasuna” o‘rtasida bo‘ldi. Natijada “Osasuna” 2:3 hisobda g‘alabaga erishdi va uch ochko jamg‘ardi. Ushbu turda «Real Sosedat» ikkinchi bor g‘alaba qozondi. Yevro kuboglar uchun kurashda ildam qadam tashlab ketayotgan «Atletik B» klubi navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ikkinchi turdan keyin turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan “Sevilya” kutilmaganda “Elche” bilan durang qayd etdi. 

 

Ispaniya chempionati uchinchi turidan keyin «Real Madrid» birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan keyin “Sevilya”, “Valensiya” jamoalari kelmoqda. Jadvalning so‘nggi pog‘onalarini “Alaves”, “Xetafe” va “Selta” egallab turibdi. To‘purarlar poygasida “Valensiya” hujumchisi Soler peshqadamlik qilmoqda. Ispaniya chempionati to‘rtinchi tur o‘yinlari 11-12-13 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 A seriya

 

27-28-29 avgust kunlari Apennin yarimorolida ham navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ushbu tur uchrashuvlarida jami 30 ta gol urildi. Eng yirik hisob “Latsio” – “Spetsiya” qarama-qarshiligida kuzatildi. Bu bahsda “Latsio” raqibini ayab o‘tirmadi. Natijada 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa rimliklar turnir peshqadamiga aylandi.

 

Turning dastlabki o‘yinida esa “Udineze” “Venetsiya” ni 3:0 hisobda mag‘lub etdi. Venetsiyaliklar ikkinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ikkinchi turning yana yirik hisoblari “Salertina” – “Roma o‘rtasidagi bahsda qayd etildi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Roma” klubi ikkinchi turda ham ishonchli g‘alabaga erishdi. Unda Shomurodov jamoasi safarda 4:0 hisobia raqibidan ustun keldi. Eldor mazkur bahsda ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga qo‘shildi. Milan shahri jamoalari — “Inter” va “Milan” klublari raqiblarini ishonchli hisobda yengdi. “Inter” “Verona”ni 3:1 hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, “Milan” “Kalyari”ni uchta to‘pga ortda qoldirdi. Bir necha yildan buyon chempionatda peshqadam bo‘lib kelgan Turinning “Yuventus” klubi Krishtinau Ronaldu Angliyaga ketganidan keyingi birinchi o‘yindayoq mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. Jamoa o‘z uyida “Empoli”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Shomurodovning sobiq jamoasi “Jenoa” esa “Napoli”ga 2:1 hisobda mag‘lub bo‘ldi. “Jenoa” birinchi turda ham “Inter”ga yirik 4:0 hisobida yutqazgandi. “Napoli” esa chempionatdagi ikkinchi o‘yinida ham g‘alabani tantana qildi. Ushbu turda “Sassuolo” – “Sampdoriya” va “Atalanta” – “Bolonya” o‘rtasidagi bahslarda hisob ochilmadi. Shunindek, “Fiorentina” – “Torino” bahsida florensiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

 

Italiya chempionati ikkinchi turidan keyin “Latsio” birinchi o‘rinni egallab turibdi. 2-3-pog‘onalarni “Roma” va “Inter” klublari band etgan. So‘nggi o‘rindan “Venetsiya” jamoasi joy olgan. Undan yuqori pog‘onalarda “Jenoa” va “Salernitina” klublari bormoqda. “Latsio” hujumchisi Immobile esa to‘rtda gol bilan musobaqa to‘purari bo‘lib turibdi.

 

Italiya chempionati uchinchi tur o‘yinlari 11-12-13 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

 Bundesliga

 

27-28-29 avgust kunlari Germaniya Bundesligasida ham uchinchi tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu tur Italiyadagi kabi sermahsul o‘tdi deb bemalol ayta olamiz. Chunki mazkur bahslarda raqiblar darvozasiga 30 tadan ko‘p to‘p kiritildi. Turni «Borussiya D» – “Xoffenxaym” o‘yini ochib berdi. Dortmund shahrida bo‘lgan bellashuvda mezbonlar raqibidan  qiyinchilik bilan ustun keldi. Uchrashuvda 3:2 hisobi qayd etildi. “Shtutgart” – “Frayburg” bahsida ham ushbu hisob qayd etildi. Biroq unda “Frayburg” mehmonda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Turda eng yirik hisob “Bavariya” – “Gerta” o‘yinida kuzatildi. Unda myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi.  O‘z oldiga doimo Yevro kuboglarda ishtirok etishni maqsad qiladigan “Bayer” klubi esa safarda “Augsburg”ni 1:4 hisobda yengdi. “Maynz” – «Groyter Fyurt» o‘yini ham yirik hisobda yakunlandi. Unda “Maynz” klubi 3:0 hisobda g‘alabani tantana qildi. Ushbu turda “Arminiya” – «A. Frankfurt» o‘rtasida yagona durang natija qayd etildi. Mavsumni omadsiz boshlagan «Borussiya M» klubi bu turda ham mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bu safar jamoa “Union” to‘sig‘idan o‘ta olmadi. “Volfsburg” esa uchinchi o‘yinda raqiblaridan ustun ekanligini isbotlay oldi. Jamoa bu gal “Leypsig”ni kichik hisobda yengishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mazkur turda “Kyoln” o‘z maydonida “Boxum”dan 2:1 hisobda ustun keldi.

 

Germaniya Bundesligasi uchinchi turidan keyin to‘qqiz ochko jamg‘argan “Volfsburg” turnir peshqadami bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda “Bayer” va “Bavariya” klublari bormoqda. Jadvalning so‘nggi pog‘onasini “Gerta” jamoasi egallab turibdi. Shuningdek xavfli zonada “Augsburg” va «Groyter Fyurt» klublari kelmoqda. Musobaqa to‘purari esa beshta gol bilan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski bo‘lib turibdi.

 

Bundesliganing to‘rtinchi tur o‘yinlari 11-12 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 Liga 1

 

 Fransiya birinchi ligasida to‘rtinchi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur bellashuvlar 27-28-29 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Turni “Nant” – “Lion” o‘yini ochib berdi. Unda “Lion” klubi safarda uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Mazkur bellashuvlarda eng yirik hisob “Nissa” – “Bordo” o‘yinida qayd etildi. Ushbu bahsda “Nissa” o‘z uyida raqib darvozasiga javobsiz to‘rta to‘p kiritdi. Chempionat favoriti Parijning “PSJ” klubi esa “Reyms”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Xuddi shu hisob “Anje” – “Renn” bahsida ham kuzatildi. Unda “Anje” klubi navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi turda muxlislar sabab o‘yini qoldirilgan “Marsel” klubi “Sen-Eten” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu turda ikkita durang natija kuzatildi. Bu uchrashuvlarning ikkalasida ham bir xil 2:2 hisobi qayd etildi. Mazkur bahslar “Lans” – “Loryan”, “Klermon” – “Mets” o‘yinida kuzatildi. Yevropa chempionlar ligasi ishtirokchisi “Monako” ham safarda “Trua”ni 1:2 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Xuddi shu hisobda “Lill” jamoasi “Monpele” ustidan zafar quchdi. Shuningdek, bu turda “Strasbur” o‘z uyida “Brest”ni 3:1 hisobda yengishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Fransiya chempionati to‘rtinchi turidan keyin “PSJ” birinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi pog‘onalarni “Anje” va “Klermon” klublari egallab turibdi. Turnir jadvalining so‘nggida “Trua”, “Bordo”, “Brest” jamoalari kelmoqda. “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe esa to‘rtta gol bilan to‘purarlar ruyxatini boshqarib bormoqda.

 

 Fransiya chempionati beshinchi tur o‘yinlari 11-12 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Kuchli beshlik: navbatdagi tur o‘yinlarida qanday natijalar qayd etildi? | Zamon.uz