Jahon chempionati. O‘zbekiston futzal terma jamoasi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi
Bugun jahon chempionati doirasida O‘zbekiston va Gvatemala o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turnirning “B” guruhidan o‘rin olgan mazkur o‘yinda 4:5 hisobida Gvatemala g‘alaba qozondi.Gollarga o‘zbekistonliklar tarkibida Ixtiyor Ropiyev uch bor mualliflik qilgan bo‘lsa, Gvatemala tarkibida Fernando Kampanyak, Marvin Sandoval ikki bor, Alan Aguliar ikki bor va Alvarado Roman (avtogol) to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.







