Sport

Ramos “PSJ” uchun noto‘g‘ri tanlov – Jerom Roten

“PSJ” klubining sobiq futbolchisi Jerom Roten Serxio Ramos transferini tanqid qildi.

Ramos “PSJ” uchun noto‘g‘ri tanlov – Jerom Roten

 

 

“Mushaklarning sinishi dahshatli holat, chunki u kamdan kam holatda to‘g‘ri tiklanadi. Jamoa o‘yinlar va mashg‘ulotlarda tezlikni oshirganda o‘yinchi pand berib qo‘yishi mumkin.

Qolaversa, futbolchi maʼlum bir yoshga yetganidan so‘ng chiroyli o‘yin ko‘rsatishi uchun yaxshi formada bo‘lishi, tinimsiz mashq qilishi kerak. Ramosning avalgi darajasiga qaytishi yoki qaytmasligi haqida bir narsa deya olmayman, lekin bunga shubham bor.

Bugungi kunda Marquinhos va Kimpembe Ramosdan ko‘ra yaxshiroq sport formasiga ega.  Bu ikki futbolchidan ko‘p narsa talab qilinadi va ular buni uddalashadi. Ramos esa yon-atrof va maydonni avalgidek his qila olmasligi mumkin.

Shu bois men Ramosni “PSJ” uchun noto‘g‘ri tanlov deb bilaman”, — deydi Roten.

 

Maʼlumot uchun: «Real Madrid» afsonasiga aylangan Ramos shu yilning 8 iyul kuni “PSJ”ga erkin agent sifatida o‘tdi. Shartnoma 2023- yilga qadar imzolangan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Sulsherning Ronaldu haqidagi fikrlarini bergan  edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ramos “PSJ” uchun noto‘g‘ri tanlov – Jerom Roten | Zamon.uz