Toshkent 2021-yilgi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) bu yilgi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan joy va sanalarni eʼlon qildi.


Ushbu sport turi bo‘yicha jahon turnirini 7-17 dekabr kunlari Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 20-21 dekabrda musobaqa tugagandan so‘ng, poytaxtda IWF saylov kongressi ham bo‘lib o‘tadi.
Maʼlumot uchun, 2021-yil may oyida Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati ham bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olimpiadada og‘ir atletikachilarimiz Akbar Jo‘rayev Olimpiya rekordini yangilani hamda Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida 98 kg natija bilan Olimpiada rekordini o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







